• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklariga xorijga ishga ketayotgan fuqarolardan pul undirish taqiqlanadi

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati

    Loyihaga ko‘ra, amaldagi qonunning 13-moddasi (Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlari) ikkinchi qismi chet elda ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni ish beruvchi yoki buyurtmachi hisobidan amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi yangi xatboshi bilan to‘ldirilmoqda.

    Shuningdek, kiritilishi kutilayotgan normaga ko‘ra, O‘zbekistondan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar undirish taqiqlanadi.

    Bundan tashqari, xususiy bandlik agentliklarining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida shakllantiradigan zaxira mablag‘lari miqdori ellik ming AQSh dollaridan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravariga almashtirilmoqda.

    Qonunning 14-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun mijozlardan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmagan miqdorda haq olish mumkin bo‘ladi.

    Qonunning 15-moddasi yangi qismi bilan to‘ldiriladi va Xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” dasturiy majmuasida real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan shartnoma haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yana bir vakolat taqdim etilmoqda. Unga ko‘ra, vazirlik xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni keyinchalik xabardor qilgan holda (moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirish vakolatiga ega bo‘ladi.

    Tekshirishlar jarayonida vazirlikning vakolatli vakillari xususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishib chiqish, ulardan ko‘chirma nusxalar hamda mas’ul xodimlardan faoliyatga doir masalalar bo‘yicha og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish huquqiga ega bo‘ladi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan joylangan ushbu loyiha muhokamasi shu yilning 24-martiga qadar davom etadi.

    Xususiy bandlik agentliklari bilan bog‘liq vaziyat haqida

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun 2018-yil oktabr oyida kuchga kirgan edi. 2019-yil kuzidan beri Human, Korean and migrations va boshqa xususiy bandlik agentliklarining rahbarlariga nisbatan firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi (ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizta agentlikka qarshi jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan).

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jo‘natmagani ma’lum bo‘ldi

    Xususiy bandlik agentliklari muammosi 2019-yil dekabrida Oliy Majlis Senatida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Xususan, senator Farrux Dadaxo‘jayev migrantlarning mablag‘larini himoya qilish mexanizmi yo‘qligi uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini tanqid qilib, agentliklar bilan bank hisob-kitoblarini akkreditiv asosida olib borishni taklif qilgan edi.

    O‘z navbatida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunga o‘zbekistonliklarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha vijdonsiz xizmat ko‘rsatilishidan himoya qila oladigan tuzatishlarni kiritish niyatini bildirgan edi.

    2020-yilning 17-fevral kuni O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 100 ga yaqin odam Toshkentdagi Mustaqillik maydonida yig‘ilib, Human agentligi tomonidan yetkazilgan zararning qoplab berilishini talab qilgan edi. Ular bilan dastlab bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov uchrashdi.

    Keyinroq norozi fuqarolar bilan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham uchrashdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, hukumat rahbari Human bandlik agentligi tomonidan fuqarolarga yetkazilgan 21 milliard so‘m (taxminan 2,2 million dollar) miqdoridagi zararni vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari fond hisobidan vaqtincha qoplab turish haqida topshiriq berdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

    10.03.2020, 15:05   Izoh (0)   25050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirus yuqtirib olish imkonini nolga teng deb baholagan ekspert O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam beradi

    10.03.2020, 14:19

    Toshkentdagi 16-shahar kasalxonasiga koronavirusni yuqtirgan 2 kishining yotqizilgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

    10.03.2020, 13:49

    Olmazor tumaniga yangi prokuror tayinlandi

    10.03.2020, 13:35

    Toshkentlik ayolga tegishli ikki qimmatbaho mashina 8-mart kuni qasddan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

    10.03.2020, 13:21

    Samarqandda striptiz o‘ynamoqchi bo‘lgani aytilgan qizlarning 2 nafari jarimaga tortildi, yana biri besh sutkaga qamaldi

    10.03.2020, 13:06

    Transport vazirligi shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobus qatnovlari narxini e’lon qildi 

    10.03.2020, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.