O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘i bilan Oybek Mannonov Toshkent shahar Olmazor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi .
Oybek Mannonov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy — huquqshunos, 2009-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2017-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan. 2020-yilning fevral oyidan buyon Toshkent shahar prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)