• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Putindan keyingi Rossiya kelajagi qanday? Sayyoralarni zabt etish istagi va Trampning navbatdagi yolg‘oni. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Putin iste’foga chiqadimi?

    The Foreign Affairs nashri Putin hokimiyatdan ketishidan so‘ng Rossiyani kim boshqaradi degan savolga javob beruvchi maqola e’lon qildi. Rossiya prezidenti yaqinda konstitutsiyaga qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi va shu vaqtga qadar soliq xizmatlari boshlig‘i Mixail Mishustinni bosh vazirlikka tayinlagani vorislik haqidagi bahslarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ayrimlar Putin o‘zining to‘rtinchi va oxirgi muddati 2024-yilda tugashidan oldin iste’foga ketadi demoqda. Boshqalar esa u mamlakatni boshqarishi uchun o‘ziga yangi mansab joriy qiladi degan fikrda. Aksarlar esa shu paytgacha tanilmagan Mishustin Putinning o‘rinbosari bo‘ladi degan fikrda. Amalda esa bularning barchasi taxmin va gumonlar.

    Ulkan davlat – Rossiyaning kelajakdagi taqdiri albatta ko‘pchilik uchun qiziq. Siyosatchilar, tahlilchilar Putinga, uning boyligiga, shaxsiga, reytinggi va maxfiy rejalariga katta e’tibor bilan qaraydi. Rossiyadagi qolgan siyosiy tuzilmalar ko‘pchilikning nigohidan chetda qoladi.

    20 yil mobaynida hokimiyat tepasida qolayotgan Putinning eng katta yutug‘i mamlakatda byurokratiyani mustahkamlaganidir. Aynan shu Putinning merosi desa bo‘ladi. U vaqtida maoshlarni to‘ladi, budjetni o‘stirdi, mamlakat iqtisodiyotining katta qismini davlat nazoratiga oldi va amaldorlar hokimiyatini suiiste’mol qilishiga panja ortidan qaradi. Uning byurokratik apparatining eng muhim qismi – ulkan qudratga ega mudofaa, razvedka, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan iborat ko‘p boshli gidra – milliy xavfsizlik xizmatidir. Shu idoralar Putindan keyin kim hokimiyat tepasiga kelishini va Rossiyaning siyosati qanday bo‘lishini belgilaydi.

    Soyadagi hukumat o‘chi

    Sovet hukumati ag‘darilmasidan oldin sovet amaldorlari amerikaliklarni o‘n yillar mobaynida mudofaa, razvedka va kuch tizimlari byurokratiyasi to‘laligicha hukumatga bo‘ysunadi deb ishontirib keldi. Ehtimol, shunday ham bo‘lgandir. Lekin hozir yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida Davlat xafvsizlik qo‘mitasi zobiti mamlakatni boshqarib kelganidan so‘ng ayrim o‘zgarishlarni kiritish kerak.

    Putin ertaga to‘satdan yiqilib qolsa, nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring. Dastlab hokimiyat kimgadir o‘tishi konstitutsiyaga asoslangan holda boradi va bosh vazir prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. Hozirda bu shaxs Mishustindir.

    90 kundan keyin 6 yil muddatga yangi prezident saylanadi. Lekin bu hammasi emas. Mishustin prezidentlik vakolatini bajarishga kirishgan zahoti unga saylovlarda yordami kerak bo‘ladigan shaxslarga darhol telefon qiladi. Ular orasida kuch tizimlarining rahbarlari bo‘lishi aniq. Rossiya tarixidan ma’lumki, hokimiyat almashinuvi yuz berganida kuch tizimlari albatta yordamga keladi.

    Rossiya bu tur idoralarda o‘ziga xos “soyadagi davlat” yoki “ichkaridagi hukumat” tuzgan. Bunday idoralar Turkiya, Misr, Pokistonda ham asosiy rol o‘ynab keladi. Putinning uzoq hukmronligi davrida bu idoralar ochiq yoki qonunni aylanib o‘tib mamlakatning ulkan boyliklarini egallab olishga erishdi. Ularning qarorlari fuqaroviy idoralar tomonidan kamdan-kam rad qilindi.

    Oldinda turgan kurash

    Putin davrida kuchayib olgan bu tizim hokimiyat almashinuvi paytida o‘zini namoyon qiladi. Turkiya, Misr va Pokistondan farqli ravishda, Rossiya “hukumat ichidagi hukumat” yagona rahbarni ilgari sura olmaydi, chunki u tarqoqdir. Bu tarqoqlik esa hokimiyat almashunuvi kechayotgan vaqtda qonli nizolarga olib kelishi ham mumkin. Qon to‘kilmagan holatda ham yangi prezident kuch ishlatar tizimlarga katta huquq va vakolatlar berishiga to‘g‘ri keladi. Mishustin bosh vazir bo‘lishi bilanoq kuch ishlatar tizimlari xodimlarining maoshlarini oshirishdan boshlagani ham ularning dastagiga umidvorligidan va kelishuvning turli yo‘llarini paypaslab ko‘rayotganidan darak.

    Yangi prezident kuch tizimlarining huquqlarini kengaytirish to‘g‘risidagi talablarni qabul qilishi mumkin. Mustaqil bo‘lish maqsadida esa turli guruhlarni bir-biriga gijgijlashi yoxud Putin 2000-yilda amalga oshirganiday hokimiyatimga xalaqit bermasangiz o‘z biznesingizni olib borishga qo‘yib beraman deyishi ham mumkin. Rossiya kelajagi qanday bo‘ladi, buni kelajak ko‘rsatadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Keyingi bekat – Uran. Ulkan muz sayyoralarni zabt etish istagi

    Ulkan muzliklar qoplab yotgan sayyoraga yetib borishda kam imkoniyatning tug‘ilishi olimlarni hayajonga soldi. Hozir “Uran va Neptun shunday joy ola boshladiki, u yerga yetib borish imkoniyati tug‘ilmoqda”, deb yozadi The Nature nashri.  Vaqt esa insoniyat bilan musobaqalashmoqda.

    Sayyorashunos olimlar quyosh tizimining eng kam o‘rganilgan va eng uzoq nuqtasida joylashgan Uran va Neptun sayyoralarini o‘rganishga chaqirmoqda. Bu ulkan ko‘kimtir sayyoralar haqida hozircha olimlarda ma’lumot kam. Bu sayyoralarga faqat bir martagina kosmik apparat yetib bordi.

    Hozirda olimlar mazkur sayyoralarga kosmik apparat uchirishga chaqirayotgani quloqqa chalinmoqda, chunki bu sayyoralar shunday joylashadiki, natijada bu uchish vaqtini qisqartirishi mumkin.

    1980-yilda “Voyajer” kosmik apparati mazkur sayyoralar yaqinidan uchib o‘tdi.  Endilikda bu sayyoralarning atmosferasi, halqalari, yo‘ldoshlari va ummonlarini o‘rganish imkoniyati tug‘ilmoqda.

    Yupiterning tezlashuvi

    Uran, Neptun va Yupiterning kam sodir bo‘ladigan yaqinlashuvi 2030-yillarning boshida sodir bo‘ldi. Bu kosmik kemaga Yupiter atrofida gravitatsion manyovr qilib, boshqa sayyoraga yo‘l olishga imkoniyat berdi. Uchish vaqtini qisqartirish evaziga fazo kemasining ta’minot tizimi va jihozlarining ishlash qobiliyatini saqlab qolish imkoni tug‘iladi (Ularning ishlash vaqti 15 yilgachadir). Bu, shuningdek, yoqilg‘i zaxirasini kamaytirib, bortda ilmiy uskunalar to‘liq komplektini o‘rnatish imkonini beradi.

    Sayyoralar saf tortishining bunday afzalliklaridan oqilona foydalanish uchun Neptunga fazo kemasi uchirilishini 2031-yilda, Uranga uchishni 2030-yillarning o‘rtalarida boshlash lozim.

    “Start uchun to‘g‘ri vaqtni tanlash o‘ta muhim”, deydi Kaliforniyadagi Pasadena universiteti laboratoriyasi xodimi, sayyorashunos olim Mark Xofshtatder.

    “Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emasmiz,” qo‘shimcha qiladi olim. Ko‘p milliardga tushadigan bu vazifani amalga oshirish uchun NASA eng qulay tashkilot.

    Odatda bunday ulkan hajmdagi vazifani uddalash uchun 7-10 yil tayyorgarlik talab etiladi. NASA’ning qarori 2022-yilda chiqadigan “Sayyorashunoslik: o‘n yillikning tahlili” nomli ma’ruzaga bog‘liq. Neptun va Uranga uchish masalasi bilan Venerani tadqiq qilish yoki Marsdan tuproq namunasini olib kelish kabi masalalar raqobatga kirishishi mumkin.

    Mars va Venera o‘n yillardan beri o‘rganib kelinayotgan bo‘lsada, Uran va Neptun alohida masaladir, chunki bu sayyoralar bilan bog‘liq chuqur izlanishlar olib borilmagan.

    Ko‘k jumboqlar

    Olimlar bu ikki sayyorani egizak hisoblaydi. Sababi, ular deyarli bir xil massa va hajmga ega. Lekin hech kim ular naqadar o‘xshash, ularning tarkibi qanday tuzilgan va qay tarzda tuzilgan bilmaydi.

    Muz sayyoralarni tadqiq qilish maqsadida kosmik kema uchirish ekzosayyoralarni o‘rganishga ham foyda keltirishi mumkin. Ma’lum ekzosayyoralarning 40 foizi ulkan muzliklardan iborat. Ularni tushunish uchun esa quyosh tizimidagi o‘xshash sayyoralarni o‘rganish kerak bo‘ladi.

    Neptun jozibaliroq ko‘rinadi. Negaki, uning yo‘ldoshi Triton geologik faol bo‘lib, unda suzoq suvdan iborat okean bo‘lishi mumkin.

    Lekin noodatiy magnit qutbiga ega Uranda Neptunga qaraganda g‘alati xususiyatlar ko‘p va ular mavjud ilmiy modellarni inkor qiladi. Uranga uchish vaqti biroz keyinroq, shu sababli ham Uranga parvoz realroq.

    Qanchalik yaqin?

    Ba’zi olimlarni muddatlar xavotirga solib qo‘ygan. Kosmik o‘lchovlarga ko‘ra sayyoralarga parvozlarni “ertadan keyin boshlash” kerak. Bunga ulgurib bo‘larmikin? Agarda sayyorashunoslar bu safargi imkoniyatni qo‘ldan boy berishsa, olimlar navbatdagi parvozni 2040-yilning o‘rtalarigacha kutishga majbur bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa ancha qudratli eltuvchi kosmik apparatdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ammo bunday raketalar endigina ishlab chiqilmoqda. Uranga uchish qay darajada oson kechadi, NASA tahlillarini kutamiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Trampning qurol-yarog‘ borasida yolg‘oni

    Tramp yana bir bor qurol-yarog‘ borasidagi nazoratga jiddiy qaramasligini isbotladi, deb yozadi The American Conservative nashri.

    Kongressdagi manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, Tramp yadroviy qurollar borasida muzokaralar olib borish uchun maxsus elchi tayinlagan va unga Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollar borasida muzokaralar olib borishni asosiy vazifa qilib belgilagan.

    Marshal Billingsli ayni vaqtda moliya vazirligida ishlaydi va moliyaviy terrorizm masalalari bilan shug‘ullanadi. O‘tgan yili uni inson huquqlari bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosarligiga tayinlash borasida taklif berilgan edi. Ammo uning prezident Jorj Bush davrida qiynoqlarga aralashgani fosh bo‘lib qolib, tayinlov amalga oshmay qolgan. Billingsli Guantanamoda mahbuslarning saqlanishi borasida nazorat olib borgan.

    O‘tgan oyda bu familiya yana siyosiy doiralarda ko‘p quloqqa chalina boshladi va bunga munosabat ham turlicha bo‘ldi. Bir maqolada Billingsli yadroviy qurol-yarog‘lar borasida ekspert deyilsa, boshqa bir maqolada, uning o‘ta konservativligi ta’kidlanadi. Nima bo‘lganda ham Billingslining yadroviy qurol-yarog‘lar borasida muzokara olib boruvchi sifatida tayinlanishi AQShga mazkur sohada hech qanday bitimlar tarafdori emasligini ko‘rsatadi.

    Bu orada CNV-3 ni cho‘zish muddati ham tugab bormoqda. SNV-3 bo‘yicha bitim 11 oydan so‘ng tugaydi. Yangi tayinlov Tramp ma’muriyati bu bitimni yana cho‘zishdan manfaatdor emasligini oshkor qilib qo‘ydi.

    Tramp hukumati Rossiya va AQSh o‘rtasidagi qurol-yarog‘lar bo‘yicha bitimni buzishni istamasa, SNV-3 kelishuvi muddatini cho‘zish masalasi birinchi darajali vazifa bo‘lar edi. Devid Eks buni o‘tgan haftada quyidagicha talqin qildi: “Agarda SNV-3 bitimi muddati tugasa, yetakchi yadroviy davlatlar o‘rtasida qurol-yarog‘larni cheklash uchun ikkinchi imkoniyat bo‘lmaydi”. Boshqa ekspertlar esa “agar SNV-3 muddati tugasa, Rossiya va AQSh tarafi o‘rtasida qurol-yarog‘larni nazorat qilish tizimi tugaydi” demoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    G‘arb va sharq o‘rtasidagi jiddiy keskinlik inobatga olinsa, AQSh va Rossiya rahbariyatidagi dramatik o‘zgarishlar tufayli yangidan qachonlardir tuzilgan mukammal shartnomalar imzolanishiga umid qilish kerak emas. Bunga imkoniyat ham yo‘q bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi bitim tuzish, eskisining amal qilish muddatini uzaytirishdan ham asabiy muzokarayu, bordi-keldilarga aylanib, qiyin jarayonga olib keladi.

    Shuning uchun ham Kongressda Trampning yangi nomzodi salbiy fikrlarga nishon bo‘lmoqda. Tramp ma’muriyati o‘zini qurol-yarog‘lar borasidagi bitimlarning ahamiyatini yo tushunmayapti yo qasddan uning ahamiyatini past baholamoqda. Qurol-yarog‘lar nazorati mavzusi Koreya yarimorolida bir vaqtlar tinchlik g‘oyasini buzib yuborgan edi. Uning maqsad va harakatlari qurol-yarog‘lar nazoratiga hech ham dahli yo‘q. AQShning Tramp boshqaruvi davridagi qurol-yarog‘lar borasidagi barcha gaplari yolg‘ondan boshqa narsa emas, deb yozadi Van Jekson Twitter’dagi sahifasida.

    Trump admin is bastardizing "arms control" the way they bastardized the notion of "peace" on the Korean Peninsula--their actions and intentions bear no relation to their use of the phrase. US arms control "efforts" under Trump are a farce https://t.co/riB4oqkX7G

    — Van Jackson (@RealVanJackson) March 4, 2020

    Tramp ma’muriyati Rossiya va Xitoy bilan birga yadroviy qurollar borasida bitim tuzishga intilayotgan qilib ko‘rsatmoqchi bo‘layotgan esada, muzokaralarni olib borishdagi yangi tayinlovni inobatga oladigan bo‘lsak, navbatdagi teatrlashtirilgan asardan bir epizod xolos. Bilingsli yangi muzokaralarni ham, yangi bitimlarni ham olib borolmaydi. Demak hech qanday kelishuv yo‘q.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    07.03.2020, 16:30   Izoh (0)   126718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh “Tolibon” tinchlik bitimi shartlariga rioya qilish niyatida emasligidan xabar topdi

    07.03.2020, 14:50

    Xitoylik olimlar koronavirus alomatlarida o‘zgarish borligini aniqladi

    07.03.2020, 12:53

    JSST koronavirusning yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi

    07.03.2020, 11:52

    AQSh o‘z fuqarolariga koronavirus rasman qayd etilmagan Turkmanistonga bormaslikni tavsiya qildi

    07.03.2020, 11:33

    JSST koronavirus sabab yuzaga keladigan dorilar tanqisligi holatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    07.03.2020, 10:35

    IShID Afg‘onistonda yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

    07.03.2020, 07:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.