Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla qatnashayotgan tadbirga uyushtirilgan hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq Muhammad Ali Jinnah kasalxonasidagi manba hujum oqibatida 23 kishi halok bo‘lgani, 33 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, 6-mart kuni noma’lum shaxslar Abdulla Abdulla qatnashayotgan tadbirga hujum qilgan, voqea joyida otishma sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida bosh vazir jabrlanmagan.
Izoh (0)