Fransiya Milliy assambleyasi a’zosi Jan-Lyuk Reytser koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda France Bleu radiosi bergan ma’lumotga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda. U og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Jan-Lyuk Reytser 25-fevral kuni o‘tkazilgan parlament yig‘ilishida bo‘lgan. Kasallik parlament bufeti xodimida aniqlangan. U uy karantinida saqlanmoqda.
Qayd etilishicha, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 420 kishidan oshib ketdi. Prezident Emmanuel Makron Fransiyada COVID-19 koronavirusining tarqalishi epidemiyaga aylanishi muqarrar ekanligini aytgan.
Avvalroq Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni ikki baravar ko‘paygani haqida xabar berilgan edi. Pekin universiteti olimlari COVID-19 infeksiyasini keltirib chiqaradigan koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalish jarayonida evolyutsion o‘zgarishlarga uchraganini ma’lum qildi.
Izoh (0)