• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Eski violonchel sababli O‘zbekistonning taniqli musiqachisi Toshkentdan Germaniyaga uchib keta olmadi

    O‘zbekistonlik violonchelchi Dilshod Nazarovga musiqa asbobi sababli Toshkentdan Germaniyaga uchishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Repost xabar berdi.

    Foto: Facebook / Dilshod Nazarov

    Foto: Facebook / Dilshod Nazarov

    Ma’lum bo‘lishicha, 3-fevral kuni taniqli bastakor Anor Nazarovning o‘g‘li, O‘zbekistonning taniqli violonchelchisi Dilshod Nazarov otasining xotirasi sharafiga o‘tkazilgan ikkita bepul kontsertda qatnashish uchun O‘zbekistonga uchib kelgan.

    Nashrning yozishicha, konsert Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan hamda “O‘zbekiston” va “Toshkent” telekanallarida yoritilgan. Tadbirdan so‘ng, musiqachi Germaniyaga qaytishi kerak edi, ammo aeroportda sodir bo‘lgan voqea sababli buni amalga oshira olmadi. Toshkent xalqaro aeroporti bojxona xizmati musiqachiga go‘yoki O‘zbekistonning madaniy boyligi hisoblangan violonchelni mamlakatdan olib chiqib ketishga ruxsat bermagan.

    https://www.facebook.com/dilshod.nazarov/videos/10158104672719708/

    “Men hech qachon musiqa asbobini olib chiqish uchun ruxsat so‘ramaganman, asbob meniki ekanligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmagan” — deydi musiqachi.

    Dilshod Nazarov bojxona xizmati vakiliga musiqa asbobi Respublikaning madaniy boyligi emasligini tushuntirishga uringan, chunki u avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Kelib chiqishi Germaniyaga borib taqaladigan violonchelning tarixi 1974-yilda, musiqachining bobosi uni O‘zbekistonning birinchi violonchelchisi bo‘lgan qiziga sovg‘a sifatida sotib olgan paytdan boshlangan. Biroq, musiqachining so‘zlariga ko‘ra, asbob hech qanday moddiy ahamiyatga ega emas.

    “Men o‘zim musiqachiman, buni tushunaman hamda bu musiqa asbobi madaniy va tarixiy ahamiyatga ega emas. Men uni chalganim uchun u ovoz chiqaradi, — deydi Dilshod Nazarov.

    Repost’ning qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martda qabul qilingan “Madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan musiqa asboblari O‘zbekistonning madaniy boyliklari hisoblanadi va tegishli ruxsatsiz Respublikadan tashqariga olib chiqilmaydi.

    Bojxona va aeroport rasmiylari bilan uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, musiqachi tegishli masalalar bo‘yicha mutaxassisni kutishi kerak bo‘ldi, ammo hech kim kelmadi. Mahalliy aviakompaniya vakillari parvozni kechiktirmasliklari haqida ogohlantirib, yo‘lovchilarni samolyotga chiqarishni tugatgan.

    “Ozarbayjonda ham xuddi shunday vaziyat bo‘lgan. Men asbob o‘zimniki ekanligini aytganman, ular menga ishonmagan. Chalib berishim mumkinligini aytganimda, hamma kulib yuborgan. Biz aeroportda bo‘lgan mutaxassisni chaqirdik. Ular Madaniyat vazirligi bilan bog‘landi va vazirlik men konsertda qatnashganimni aytdi. Ular menga oq yo‘l tiladi va uzr so‘radi”, — deydi musiqachi.

    Violonchelning pasporti taqdim etilganiga qaramay, musiqachi Germaniyaga ucha olmadi. U Germaniyada ikkita konsert o‘tkazishi kerak bo‘lgan.

    Dilshod Nazarov “Il-de-Frans” xalqaro tanlovi laureati, Chaykovskiy nomidagi tanlov sovrindori, Oliy Parij konservatoriyasiga kirgan birinchi o‘zbekistonlik hisoblanadi. Shuningdek, u “Nihol” mukofoti sovrindori ham bo‘lgan.

    Musiqachi o‘zining Facebook’dagi sahifasida bo‘lgan voqea haqida batafsil video yuklagan. U mazkur masalaga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga harakat qilmoqda.

    05.03.2020, 09:37   Izoh (0)   25585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusda mast yo‘lovchi uni olib ketayotgan Lacetti’ni olib qochdi va YTHga uchradi

    05.03.2020, 09:01

    Yekaterinburgda yo‘lovchisini o‘ldirgan o‘zbekistonlik taksichi 8 yilga qamaldi

    05.03.2020, 08:27

    Davlat ulushi bo‘lgan banklarni xususiylashtirish jarayoni haqida ma’lumot berildi

    05.03.2020, 07:59

    AQShning Vashington shtatida koronavirusdan vafot etganlar soni ko‘paydi

    05.03.2020, 07:34

    O‘zbekistondagi yana 2 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

    05.03.2020, 07:34

    Uzbekistan Airways Janubiy Koreyadan fuqarolarni qaytarish evakuatsiya bo‘lmaganini tasdiqladi

    05.03.2020, 06:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.