Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan 22-fevral, shanba kungi o‘yinlar yakunlandi.
Musobaqa peshqadami “Yuventus” safarda SPAL bilan bahs yuritdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu (39) va Aaron Remzining (60) gollariga maydon egalari Andrea Petanyaning penaltidan kiritigan to‘pi bilan javob qaytardi.
“Yuventus” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 60 taga yetkazib oldi va yakka peshqadamlikda davom etmoqda. SPAL (15) so‘nggi 20-o‘rinda bormoqda.
“Milan” esa Florensiyaga safar qilib, “Fiorentina”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 57-daqiqasida Ante Rebich milanliklarni oldinga olib chiqdi. Bundan tashqari, 62-daqiqada Dalbert Enrikening chetlatilishidan keyin mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Biroq “Fiorentina” futbolchilari so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Erik Pulgar penaltidan unumli foydalandi.
A Seriya
25-tur bahslari
22-fevral, shanba
“Bolonya” – “Udineze” 1:1
Gollar: 0:1 – 33 Okaka Chuka, 1:1 – 90 Palasio.SPAL – “Yuventus” 1:2
Gollar: 0:1 – 39 Ronaldu, 0:2 – 60 Remzi, 1:2 – 69, penalti Petanya.“Fiorentina” – “Milan” 1:1
Gollar: 0:1 – 56 Rebich, 1:1 – 85, penalti Pulgar.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)