Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 23-turi doirasida 22-fevral, shanba kuni bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Dortmundning “Borussiya”si safarda “Verder” bilan bahs yuritdi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 52-daqiqada Dan-Aksel Zagadu “arilar”ni oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada esa Erling Holand mehmonlarning ikkinchi golini urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Borussiya” ochkolarini 45 taga yetkazib olgan holda bitta zaxira o‘yini mavjud “Leypsig”ga yetib oldi.
Shuningdek, “Kyoln” Berlinda “Herta” darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi. Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi 92-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Bundesliga
23-tur bahslari
22-fevral, shanba
“Verder” — “Borussiya D” 0:2
Gollar: 0:1 — 52 Zagadu, 0:2 — 66 Holand.“Frayburg” — “Fortuna” 0:2
Gollar: 0:1 — 37 Hoffmann, 0:2 — 61 Tommi.“Herta” — “Kyoln” 0:5
Gollar: 0:1 — 4 Kordoba, 0:2 — 22 Kordoba, 0:3 — 37 Kayns, 0:4 — 62 Kayns, 0:5 — 69 Ut.“Borussiya M” — “Hoffenhaym” 1:1
Gollar: 1:0 — 11 Ginter, 1:1 — 90+2 Lukas Ribeyro.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)