• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uchinchi muddatga qolishdan bosh tortgan prezident. 22-fevral – Jorj Vashington tug‘ilgan kun

    99 foiz omadsizlik o‘zini oqlashga urinayotgan odamlar sabab yuz beradi.

    Jorj Vashington

    Bugun AQSh prezidentlari shaxsi xoh u respublikachi bo‘lsin, xoh demokrat, dunyodagi siyosatiga ta’sir etadi. Shuning uchun butun dunyoda AQSh prezidentligi saylovi diqqat bilan kuzatiladi, prezident nomzodlarining saylov oldi dasturlari tahlil qilinadi, prezidentlikka nomzodlarning praymerizlardagi debat-bahslari qiziqish bilan tomosha qilinadi. AQSh prezidenti lavozimini bu darajaga olib chiqishga xizmat qilgan shaxslar ko‘p, lekin ulardan biri ajralib turadi, bu ham bo‘lsa ushbu lavozimni birinchi bo‘lib egallagan Jorj Vashingtondir.

    22-fevral – Jorj Vashingtonning tavallud sanasi. Shu munosabat bilan “Daryo.uz” kolumnisti Jahongir Ergashev AQSh davlatiga asos solishda ulkan xizmatlari singgan, o‘rinli tarzda amerikaliklar orasida “Millat otasi” va “Millat xaloskori” degan faxrli nomlarga ega bo‘lgan prezident Jorj Vashington haqida fikr yuritadi.

    Oddiy fuqaro bo‘lishni istagan zodagon

    Jorj Vashington 1732-yilning 22-fevral sanasida Shimoliy Amerikadagi Virjiniya shtatida boy zodagon oilasida dunyoga keladi. Tarixiy faktlarning guvohlik berishicha, bo‘lg‘usi prezidentning shajarasi Buyuk Britaniyaning Tyudor va Styuart qirollik xonadoniga XII asrdan beri sidqidildan xizmat qilib kelgan shonli ritsarlarga borib taqaladi. Ammo Jorj hech qachon bu shajarasi bilan maqtanmagan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    XVIII asr Angliyada olatasir davrlar edi. Inqilobdan holdan toygan inglizlar tinch-osuda hayot umidida Yangi dunyo – Amerikaga qochib qutulish istagida edi. Yosh Vashingtonning otasi Jon Avgustin Vashington tinch hayot kechirish maqsadida Virjiniyaga ketishga qaror qiladi.

    Jorj dastlabki ta’limni uyda oladi. Fantaziyasi boy bo‘lgan Jorj bo‘sh vaqtlarida otda sayr qilar, tengdoshlari bilan Potomak daryosi bo‘yida dengiz janglari o‘yini bilan mashg‘ul bo‘lar va katta bo‘lganda admiral bo‘lishni orzu qilar edi. Qolgan vaqtlarda esa matematika, geometriya va yer o‘lchash asoslarini qunt bilan o‘rganadi. Uning fikricha, bu ilmlar uning kelajakda o‘z mulkidan samarali foydalanishda juda foydali edi. Bundan tashqari, yosh Jorj kalligrafiya san’atini ham mustaqil o‘rganar – vasiyat, shartnoma, oldi-sotdi va oldi-berdi shartnomalarini daftarlariga ko‘chirib yozish orqali o‘zining husnixatini mukammal darajaga yetkazish bilan birga o‘rganishga ancha vaqt sarflardi.

    11 yoshga to‘lgan Jorjning otasi Avgustin Vashington vafot etadi va 11 yoshli Jorjning tarbiyasi bilan akasi Lourens Vashington shug‘ullana boshlaydi.

    Yosh Jorj 15 yoshga to‘lganda uning akasi Lourens yirik mulkdor lord Ferfaksning qiziga uylanadi. Akasining bu nikohi Jorj Vashingtonga kelajakda ancha foyda keltiradi. Lord Ferfaks yosh Jorjga tarix va boshqa fanlarni ham o‘rganishga hamda eng yaxshi yer o‘lchovchi mutaxassis bo‘lib kamol topishida yordam beradi.

    Harbiy faoliyatining boshlanishi

    1752-yilda Jorj Vashington yana bir ayriliqqa duchor bo‘ladi – sevimli akasi Lourens vafot etadi. Vasiyatga ko‘ra, Potomak daryosi bo‘yidagi Maunt-Vernon Jorjning tasarrufiga o‘tadi. Maunt-Vernonda ko‘pincha dengiz zobitlari to‘xtab o‘tar, generallar o‘zlarining qiziqarli va shu bilan birga xavfli hayotiy tajribalari haqida suhbat qurar edi. Bu esa yosh Jorjni befarq qoldirmas, bolalikdagi orzularni eslashiga imkon berardi. Vashington, o‘z ta’biri bilay aytganda, “eng oliyjanob va sharafli” kasbi – fermerlik bilan shug‘ullanib, uncha-muncha boylik ortirgan edi; hali 20 yoshga to‘lmagan Jorj 1 500 akr – 600 gektardan ko‘proq yerga egalik qilardi.

    Shu davrga kelib Jorj Vashington mahalliy xalq qo‘shinida mayor zobitlik darajasiga ko‘tariladi. U harbiy o‘qotar quroldan foydalanishda va chavandozlikda ustasi farang bo‘lib yetishadi. Tabiat ham Jorj Vashingtonga yordam qilgandi – uning baland bo‘yga ega ekani zobitlik rutbasiga erishishida asqatadi.

    1755-yilda Dyuken istehkomini ishg‘ol qilish muhorabasida qatnashib, asir tushadi. Asirlikdan ozod bo‘lgach, Vashington yana bir marta istehkomni ishg‘ol qilishga urinadi. Bu safar uning harbiy yurishi muvaffaqiyat keltirib, Jorj Vashington polkovnik rutbasiga erishadi.

    Harbiy faoliyati davomida Jorj Vashington kelishuvlar va bitimlarni kuch ishlatishga nisbatan afzalroq va foydaliroq deb hisoblar edi.

    Yosh Jorj Vashingtonning yuzaga kelayotgan dunyoqarashida va firklarida XVIII asr ingliz adabiyotining ta’siri kuchli edi. Amerikalik ma’rifatparvarlar Tomas Peyn, Tomas Jefferson, Jeyms Medison, Jon Adams kabi shaxslar AQShning dastlabki prezidenti maslakdoshlari bo‘lgan; ular qirol Georg III ning yangi qit’ada olib borayotgan siyosatidan norozilik bildirayotgandi. Ularning muqaddas orzusi mustaqil yangi Amerika davlatiga asos solish edi.

    Siyosat. Mustamlakalar huquqi uchun kurash

    Harbiy faoliyatiga nuqta qo‘yib, Jorj Vashington 1758-yilda Virjiniya Qonunchilik Kengashi deputatligiga saylanadi. Bu lavozimda bo‘lg‘usi prezident 1774-yilgacha faoliyat yuritadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Yirik mulkdor sifatida Vashington o‘z tajribasidan Buyuk Britaniyaning o‘sha davrdagi siyosati eskirganini anglab yetdi. Buyuk Britaniyaning mustamlakalaridagi sanoatning rivojlanishini, savdo-sotiqni bosim ostida ushlab turishga, nazorat qilishga intilishi AQShning ma’rifatparvar doiralarida borgan sari norozilik keltirib chiqara boshlaydi. Jorj Vashington Virjiniyada ittifoq tashkil qiladi. Ittifoq ingliz mahsulotlarini boykot qilishga chaqiradi.

    Jorj Vashington Britaniya koloniyalarining huquqlarini himoya qilishni o‘zining asosiy maqsadi etib belgilaydi. Ingliz hukumati soliqlar miqdorini belgilab berar va bu ko‘pincha Amerikani hali ko‘rmagan Angliyadagi lordlar tarafidan adolatsiz amalga oshirilar edi. Bunday mantiqsizlikning oldini olish uchun 1769-yilda Jorj Vashington soliqlar faqat mahalliy qonunchilik organlari tomonidan belgilanishini anglatadigan qarorni tasdiqlatadi.

    Buyuk Britaniyaning bosimi va zulmi kuchayib borgan sari xalqning metropoliyaga nisbatan nafrati ham o‘sib boradi. Sitamlarning cheki yo‘qligini tushungan Jorj Vashington kun kelib koloniya va metropoliya o‘rtasida urush kelib chiqishi muqarraligini tushunadi. Yangi qit’a endilikda Buyuk Britaniyadan abadiy ajralishni tanlagan edi.

    Mustaqillik uchun kurash

    1773-yilda hindu kiyimlarini kiygan “Ozodlik farzandlari” guruhi Bostondagi ingliz kemalari bortiga kirib oladi va 342 quti choyni dengizga uloqtiradi. Tarixda bu voqea “Bostoncha choyxo‘rlik” nomi bilan mashhur.

    Ingliz hukumati bunga javoban Massachusetsda repressiyalarni va taqiqlarni kuchaytirib yuboradi. Dengiz savdosi taqiqlab qo‘yiladi, Massachusetsning qonunchilik kengashi tarqarib yuboriladi.

    1775-yilda Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan 13 ta mustamlaka vakillari Jorj Vashingtonni kontinental armiyaning bosh qo‘mondonligiga saylaydi. Bu Amerikaning mustaqillik uchun kurashi boshlanganini bildirar edi. Kontinental armiya askarlari asosan ko‘ngillilardan iborat bo‘lib, kontinental armiya ko‘pincha harbiy ta’minot, oziq-ovqat, harbiy ta’lim beruvchi mutaxassis kadrlar borasida tanqislikni sezar, bunday muammolar bir qaraganda  professional Buyuk Britaniya harbiylari uchun yutuq ham edi. Ammo baxtli tasodifmi yoki taqdirmi, ingliz harbiylari tartibsiz harakatlanayotgan amerikaliklarning qo‘shinlariga qarshi harakat qilmaydi. Qamalda qolgan inglizlar 1776-yilning mart oyida Bostondan ketishga majbur bo‘ladi. Bu kun hozirga qadar Massachusetsda Evakuatsiya kuni sifatida nishonlab kelinadi.

    Boston amerikaliklar ixtiyoriga o‘tgach, Jorj Vashington Nyu-Yorkni mudofaa qilish uchun yo‘l oladi. Jorj Vashington qo‘l ostidagi qo‘shinlar sekin-asta Nyu-York, Nyu-Jersi va Filadelfiyada yutuqlarga erisha boshlaydi. Saratogadagi janglar amerikaliklarning mustaqillik uchun kurashidagi tub burilish bo‘ladi. Fildelfiyadagi mag‘lubiyatdan umidsizlangan askarlarda yana ozodlik va Buyuk Britaniya istibdodidan ozod bo‘lish mumkinligiga ishonch hosil bo‘ladi. Saratoga janglaridan so‘ng Fransiya amerikaliklar bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi.

    1776-yilning 4-iyul sanasida 13 shtatdan iborat Britaniya koloniyalari Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qiladi. Mustaqillik deklaratsiyasi bilan bir qatorda “Valyuta haqidagi qonun” ham qabul qilinib, bu qonun Amerika shtatlariga o‘z pulini chiqarishni taqiqlab, barcha oldi-berdi shartnomalarini oltin va kumush tangalar standarti bo‘yicha olib borish majburiyatini yuklaydi. AQSh endi mustaqil davlat edi.

    Mustaqillik uchun kurashda hindular ishtiroki

    Hindu qabilalarining aksari oq tanlilar bir-biri bilan urush olib borayotganiga aralashmaydi. Shunday bo‘lsa-da, hindu qabilalari Buyuk Britaniya taxti tarafida edi. Buning boisi Britaniya hukumati hindular bilan nizoni kuchaytirmaslik uchun Appalachi tog‘laridan g‘arbga biror-bir oq tanli joylashishini taqiqlab qo‘yganida edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Ba’zi qabilalar keyinchalik ixtilofga qo‘shiladi. Tarixiy manbalarning qayd etishicha, hindularning irokez qabilasi britaniyaliklarga ittifoqchi sifatida amerikaliklarning chegara postlariga tez-tez hujumlar uyushtirib turgan bo’lsa, Nyu-York shtatida istiqomat qilayotgan oneyda va tuskarora hindu qabilalari ozodlik uchun kurashayotgan amerikalik inqilobchilar tarafida turib inglzilarga qarshi kurash olib boradi.

    Urush yakunlanishi ortidan amerikaliklar barcha hindularning yerlarini amerikaliklarning yeri deb e’lon qiladi.

    Mustaqillik uchun kurashda qora tanli aholi ishtiroki

    Ozod qora tanli amerikaliklar ham inglizlar, ham Jorj Vashington boshchiligidagi inqilobiy kuchlar tarafida turib kurash olib boradi. Qora tanlilar ixtiloflashuvchi kuchlarning qaysi biriga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, ular ham o‘z siyosiy irodalari, orzulari – qullikni bekor qilish, oq tanlilar bilan birdek huquqqa ega bo‘lish uchun kurashadi.

    Nemis siyosatchisi Otto fon Bismark aytganidek, hech kim urush, saylov va ov paytidagi kabi ko‘p yolg‘on gapirmaydi. Qora tanli amerikaliklar ham oq tanlilarning siyosiy o‘yinlarida qatnashgan edi. Buyuk Britaniya qora tanlilarga erkinlik beradi degan ishonch havoga sizib ulgurgan, qora tanlilar urushda Buyuk Britaniya g‘alaba qozonsa, qora tanlilar erkinligi ta’minlanadi degan xomxayolda edi. Boshqa tarafdan, Britaniya hukumati qora tanlilarga erkinlik berilishi butun koloniyada oq tanlilarga nisbatan adovatni yuzaga chiqarib, yangi qo‘zg‘olonga ro‘baro‘ qilishidan hayiqardi.

    Liberal Amerika esa bir qator shtatlar – Vermont, Massachusets, Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut qullikni bekor qilgan ilk shtatlar sifatida tarixda qoladi. Virjiniya, Merilend, Delaver shtatlari esa qullikdan xalos bo‘lishning yengil tartibotlarini qo‘llay boshlaydi.

    Jorj Vashington ozodlik, erkinlik tarafdori bo‘lsa-da, qora tanlilar borasida konservativ dunyoqarashga ega inson edi. Uning tasarrufidagi qora tanlilar faqatgina uning vafotidan keyin qoldirilgan vasiyati sabab ozod qilinadi.

    Birinchi prezident

    Urushdan so‘ng Jorj Vashington o‘z mulkida kundalik ishlari bilan band bo‘ladi. Shu bilan birga, siyosatni kuzatadi. Barcha shtatlarning rahbarlariga maktub yuborar ekan, markaziy hokimiyatni qanday kuchaytirish borasida maslahat beradi. Uning maslahatlari AQShning birdamligi va yakdilligini saqlashni niyat qilgan edi.

    Tez orada Jorj Vashington Konstitusiyaviy konventning raisi etib saylanadi va 1787-yilda AQSh konstitutsiyasining imzolanishida qo‘l qo‘ygan tarixiy shaxslardan biriga aylanadi. 1789-yilda Jorj Vashington AQShning birinchi prezidenti etib saylanadi.

    1792-yilgi saylov kampaniyasida qatnashmasligiga qaramasdan, Jorj Vashington yakdil ovoz bilan ikkinchi muddatga prezident etib saylanadi.

    Kongress Jorj Vashingtonga 25 ming dollar miqdorida maosh tayinlaydi. Dastlab Jorj bu maoshdan mulkdor ekanini aytib voz kechgan bo‘lsa-da, keyinroq maoshni olishga rozilik beradi.

    Jorj Vashington prezident sifatida erishgan muhim yutuqlari:

    - demokratik tartibotni saqlab qola olgani;

    - AQShning bugungi siyosiy tuzumiga asos solgani;

    - inson huqulari haqida hujjat qabul qilinishi;

    - ikki partiyali tizim joriy etilishi (respublikachilar va demokratlar);

    - AQSh prezidentlarining Kongressga yillik murojaati e’lon qilinishi;

    - ikki muddatga saylangan prezidentlik davrida AQSh Yevropadagi nizolarga aralashmagani;

    - AQSh poytaxti va prezident qarorgohi sifatida Oq Uyning tanlanishi;

    - AQSh iqtisodiyoti yuksala boshlashi.

    Jorj Vashingtonga uchinchi muddatga ham prezident sifatida qolishni taklif qilishgan, u bir kishi bu lavozimda ikki martadan ko‘p qolishi mumkin emasligini aytib, rad javobini bergan edi. Bu an’ana yozilmagan qonun bo‘lsada, Franklin Ruzveltning prezidentligiga qadar inobatga olinadi.

    Jorj Vashingtonning so‘nggi kunlari

    Prezidentlikdan ketgach, Jorj Vashington Maunt-Vernonda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullana boshlaydi. Tez-tez yangi qurilayotgan poytaxt shahar Jorjiyani borib ko‘radi. Ko‘p vaqtini qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlab, mulkida sharob ishlab chiqaradigan zavod quradi. 1798-yilda prezident Jon Adams Fransiya–AQSh munosabatlarining keskinlashuvi ortidan Jorj Vashingtonni general-leytenant rurbasida AQSh qo‘shinlari qo‘mondonligiga tayinlaydi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Vashington 1799-yilning 12-dekabrida yana har doimgiday kundalik ishlari – otga minib, fermasini ko‘zdan kechirish, yog‘ayotgan laylak qordan bahra olish maqsadida sayrga chiqadi. Ammo 14-dekabr sanasida u kuchli yo‘tal natijasida deyarli gapira olmay qoladi. Oila a’zolari shifokor Kreykni chaqiradi. Bu orada u vasiyatini ikkinchi bor o‘zgartirib, kotibi Tobias Lirga uch kundan keyin dafn qilishlarini aytadi.

    Millat xaloskori vafor etar ekan, tabibi Jorj Kreykka “men azob chekib o‘lmoqdaman, ammo o‘limdan qo‘rqmayman”, deydi. 1799-yil 14-dekabr sanasida millat otasi so‘nggi yo‘lga safarga chiqqanida uning boshida rafiqasi Marta, tabibi Kreyk, kotibi Tobias Lir, xizmatkorlari Kristofer Shils, Kerolayn Brenam, Sharlot va Mollilar bor edi.

    Jorj Vashington hech qanday dabdaba va hashamatsiz dafn etilishini so‘ragan bo‘lsa ham, marosim Potomak daryosidagi kemalardan uch marotaba o‘q otilishi va olti kishidan iborat guruh birinchi prezidentni dahmaga qo‘yishi bilan amalga oshiriladi.

    Jorj Vashington AQSh davlatchigining poydevorini yaratgan, bugun biz bilgan demokratik tamoyillarning ramziga aylangan davlat paydo bo‘lishiga, rivojlanishiga turtki bo‘lgan buyuk shaxslardan biri sifatida tarixda qoldi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    22.02.2020, 13:38   Izoh (0)   41467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.