Xalq ta’limi vazirligida “Umid” jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olib kelgan yana bir mutaxassis o‘z faoliyatini boshladi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Laziz Xo‘jaqulov Xalq ta’limi vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga, Laziz Xo‘jaqulov Buxoro viloyati xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish va Buxoro tajribasini boshqa hududlarga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Laziz Xo‘jaqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavrini tamomlagan va Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida magistr unvonini olgan. Gretsiyaning Saloniki shahridagi Alexander Technological Educational Institution of Thessaloniki universitetining falsafa doktori (PhD) izlanuvchisi bo‘lgan.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekinvest” MEISK, Buxoro davlat universiteti, Hyundai Engineering Co., Ltd va KT Corporation’da ishlagan.
Izoh (0)