Angliya Premyer Ligasining eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, eng yuqori maosh “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xeaga tegishli — yiliga 23 million yevro. “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (19,7 million yevro) ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikdan “shaharliklar”ning yana bir vakili Rahim Sterling (18,5 million yevro) o‘rin olgan.
Angliya chempionatining eng yuqori maosh oluvchi top-15 ro‘yxatidan “Manchester Yunayted”ning besh nafar, “Manchester Siti” va “Liverpul”ning uch nafardan, shuningdek, “Arsenal” hamda “Tottenhem” jamoalarining ikki nafardan futbolchisi o‘rin oldi.
- David De Xea (“Manchester Yunayted”) — yiliga 23 million yevro
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — 19,7
- Rahim Sterling (“Manchester Siti”) — 18,5
- Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) — 17,8
- Mesut O‘zil (“Arsenal”) — 16,5
- Antoni Marsiyal (“Manchester Yunayted”) — 15,3
- Serxio Aguero (“Manchester Siti”) — 14,1
- Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 12,3
- Markus Reshford (“Manchester Yunayted”) — 12,3
- Harri Keyn (“Tottenhem”) — 12,3
- Tangi Ndombele (“Tottenhem”) — 12,3
- Aleksandr Lyakazett (“Arsenal”) — 11,1
- Roberto Firmino (“Liverpul”) — 11
- Virjil van Deyk (“Liverpul”) — 10,1
- Harri Maguayr (“Manchester Yunayted”) — 10.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)