“Barselona” jamoasi “Real Sosyedad” hujumchisi Villian Jozeni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Braziliyalik futbolchi katalon klubining asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. “Barselona” Usmon Dembelening Finlyandiyadan kelishini kutmoqda. Jamoa fransiyalik futbolchi besh oyga safdan chiqqanini e’lon qiladi. Shundan keyin Ispaniya futbol federatsiyasi “Barselona”ga transfer oynasi yakunlanganiga qaramay yana bir hujumchi sotib olishga ruxsat beradi.
28 yoshli futbolchining shartnomasida 70 million yevro miqdoridagi tovon puli ko‘rsatilgan. “Barselona” ushbu miqdorni kamaytirish maqsadida San-Sebastiyan klubi bilan muzokara olib bormoqda. “Barselona” mazkur masalani hafta oxirigacha hal qilmoqchi.
Bundan tashqari “Barselona” Lukas Peres (“Alaves”), Luis Charris (“Saragosa”) va Loron Moron (“Betis”) variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)