“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kosta Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan “Verona”ga qarshi bahsda (1:2) jarohat oldi.
Tibbiy ko‘rik xulosalariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining chap soni mushaklarida shikastlanish yuzaga kelgan. Uning tiklanishiga 15—20 kun vaqt ketadi.
Shu tariqa Kosta Italiya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Milan”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, futbolchi “Breshiya”, SPAL (A Seriya) va “Lion”ga (Yevropa Chempionlar Ligasi) qarshi o‘yinlarda ham ishtirok etmasligi mumkin.
Kosta turinliklar safida 2,5 mavsum davomida jami 39 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Joriy mavsum braziliyalik futbolchi Italiya chempionatida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)