O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yilgi Jahon Chempionati saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlardan avval 18—24-fevral kunlari BAAda yig‘in o‘tkazadi.
Mazkur yig‘in doirasida Vadim Abramov qo‘l ostidagi jamoa 23-fevral kuni Dubay shahrida Belarus terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 31-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasida Yaman mehmoni bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” beshta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko to‘plagan holda guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)