Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turida “Inter” 2-fevral, yakshanba kuni “Udineze”ga qarshi bahs olib bordi va ishonchli g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida Romelu Lukaku milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 71-daqiqada belgiyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirgan holda dubl qayd etdi.
Shu tariqa “Inter” ochkolarini 51 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytdi va peshqadam “Yuventus”dan uch ochkoga ortda qolmoqda.
A Seriya
22-tur bahslari
2-fevral, yakshanba
“Lechche” — “Torino” 4:0
Gollar: 1:0 — 11 Deyola, 2:0 — 19 Barak, 3:0 — 64 Falko, 4:0 — 78, penalti Lapadula.“Udineze” — “Inter” 0:2
Gollar: 0:1 — 64 Lukaku, 0:2 — 71, penalti Lukaku.“Udineze”: Musso, Nyuytink (Yayalo, 72), Rodrigo Bekao, De Mayo, Larsen, de Paul, Sema (Zegelar, 72), Mandragora, Fofana (Teodorchik, 83), Lazanya, Okaka Chuka.
“Inter”: Padelli, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Yang, Barella, Mozes (D`Ambrozio, 83), Vesino, Eriksen (Brozovich, 58), Espozito (Sanches, 59), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Barella (11), Larsen (17), Bastoni (49), Lazanya (87).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)