Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turidan o‘rin olgan 2-fevral, yakshanba kungi bir qator uchrashuvlar yakunlandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Milan” o‘z maydonida “Verona” bilan bahs yuritdi. 13-daqiqada Davide Faraone mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada esa Hoqon Chalxano‘g‘lu muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 68-daqiqada “Verona” bir o‘yinchi kam bo‘lib qolishiga qaramay milanliklar natijani o‘z foydasiga hal qila olmadi.

“Latsio” klubi SPALni mehmon qildi va raqib darvozasiga beshta to‘p kiritdi. Uchrashuvda A Seriya to‘purari Chiro Immobile dublga erishdi. Shuningdek, Felipe Kaysedo ham o‘z hisobiga ikkita gol uzdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin rimliklar 49 ochko bilan ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Milan” (32) esa 8-o‘rinda qoldi.

A Seriya

22-tur bahslari

2-fevral, yakshanba

“Milan” — “Verona” 1:1

Gollar: 0:1 — 13 Faraoni, 1:1 — 29 Chalxano‘g‘lu.

“Atalanta” — “Jenoa” 2:2

Gollar: 1:0 — 12 Toloi, 1:1 — 19, penalti Krishito, 1:2 — 33 Sanabriya, 2:2 — 35 Ilichich.

“Latsio” — SPAL 5:1

Gollar: 1:0 — 3 Immobile, 2:0 — 16 Kaysedo, 3:0 — 29 Immobile, 4:0 — 38 Kaysedo, 5:0 — 58 Adekane, 5:1 — 65 Missiroli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi