Rossiyaning Kaliningrad shahri 1-fevral, shanba kuni, professional boks oqshomiga mezbonlik qilmoqda.
-58,9 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Shukurjon Rahimov prof ringdagi debyut jangini JARdan bo‘lgan Ripfumelo Chikvambanaga (6-3-0, 4 KO) qarshi o‘tkazdi.
6 raund to‘liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan Shukurjon Rahimovning g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa 2019-yilgi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori Shukurjon Rahimov professional boksdagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.
Bugun yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi (Odiljon Aslonov, Ulug‘bek Mubinov, Rustam To‘laganov) ringga chiqadi.
Izoh (0)