“Dalyan Ifan” yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko “Atletiko”ga qaytdi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Madridliklar klubi 26 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olgan.
Belgiyalik futbolchi 2015-yilda “Monako”dan “matraschilar” safiga o‘tgan va “Atletiko”da 2018-yilga qadar to‘p surgandi.
Karrasko “Atletiko”da 124 o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urishga erishgan. 2018-yilning fevralida esa Xitoy klubiga transfer qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)