31-yanvar, juma kuni, butun O‘zbekiston hududida havo ochiq bo‘lib, harorat 7—12 daraja iliq bo‘ladi, bu me’yordan 2—3 darajaga yuqoridir.
Dam olish kunlari respublikaga Turkmaniston hududidan juda iliq va quruq havo oqimi kiradi. “Mamlakatimiz aholisi va mehmonlari juda iliq bahoriy ob-havodan bahramand bo‘ladilar”, — deyiladi “O‘zgidromet” xabarida.
Faqat respublikaning shimoliy tumanlarida 1-fevral, yakshanba kuni, kechga borib ob-havo o‘zgaradi, bulutlar ko‘payib, shu joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi. Bu harorat shu kunning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 4—6 darajaga yuqori.
Izoh (0)