• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbol tarixidagi eng chalkash transfer. “Real” di Stefanoni “Barselona”dan qay tariqa tortib olgani haqida

    Futbolga befarq bo‘lmagan ko‘pchilik Alfredo di Stefano nomini eshitgan. Quyidagi maqola esa 50-yillar afsonasining “Real”ga qanday kelib qolgani haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bu transferda shaxsan general Frankoning qo‘li bo‘lganmi?

    Alfredo di Stefanoning Janubiy Amerikadan Ispaniyaga kelib qolishi zamonaviy transfer bozoridagi har qanday voqelikni ortda qoldiradi. Bunday chalkash transfer futbol tarixida na undan avval va na undan keyin bo‘ldi.

    Futbolchining transferiga to‘rtta mamlakatning beshta klubi nima sababdan aralashgani, yarim yil ichida 10 kilogramm vazn yig‘gan di Stefano, uni deb “Barselona” prezidenti ishdan ketgani va argentinalik futbolchining ilk “El-Klasiko”si qanday kechgani haqida hozir siz bilan suhbatlashamiz.

    Di Stefano Janubiy Amerikada: Argentinadagi isyon va Kolumbiyaga qochish

    Hujumchi faoliyatini 1944-yilda “River Pleyt”da boshlaydi. U tezda yetakchi futbolchi, to‘purarga aylandi va butun mintaqada dong taratdi. Debyutidan besh yil o‘tib di Stefano professional futbolchilar qo‘zg‘oloniga qo‘shildi. Ular maoshlari oshirilishi va shartnoma yakunida istalgan klubga yo‘l olish huquqini talab qilardi. Uzoq tortishuvlardan so‘ng klublar talablarning bir qismini bajarishga rozi bo‘ldi, biroq futbolchilar hali ham transferlarga ta’sir o‘tkaza olmasdi.

    Foto: Footarchive

    Foto: Footarchive

    O‘sha yili “River Pleyt” aviahalokatga uchragan “Torino” futbolchilari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Safar vaqtida di Stefano klub prezidenti uni futbolchilaridan ayrilgan klubga transfer qilmoqchi bo‘layotganini sezib qoldi. Turinliklar futbolchini sotib olishni uddasidan chiqa olmadi va muzokaralar barbod bo‘ldi. Argentinaga qaytgach Alfredo “River Pleyt” rahbariyati bilan qattiq tortishib qoldi va Kolumbiyaga qochib ketdi. U vaqtlari Kolumbiyada futbolni targ‘ib qilish siyosat darajasiga ko‘tarilgan, futbolchilarning maoshi baland va ular istalgan klubda to‘p surish imkoniyatiga ega edi.

    Mamlakat futbol assotsiatsiyasi FIFAdan chetlatilgan, ammo professional liga alohida tashkilot singari harakat qilar edi. Shu sabab Kolumbiyaga chet ellik futbolchilar oqimi to‘xtamas edi, futbolchilar amaldagi shartnomalari tugamasidan va o‘z yurtida uzoq yillarga diskvalifikatsiya qilinishini bilsa-da bu yerga tashrif buyurishdan to‘xtamasdi. Di Stefano “Milionarios” bilan shartnoma imzoladi va bu jamoa bilan ketma-ket uch yil chempionlikni qo‘lga kiritdi. Alfredo ikki marta chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi. O‘sha vaqtda mazkur jamoa dunyoning eng kuchli klublaridan biriga aylangandi.

    Futbolchining Yervopa grand klublari e’tiboriga tushishi

    Kolumbiya klublariga xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqi berildi va bundan “millionerlar” jon deb foydalandi. 1953-yilda di Stefanoning jamoasi kichik Jahon Kubogida g‘olib chiqdi. Venesuelada o‘tgan musobaqada ikkita Yevropa va ikkita Janubiy Amerika klubi ishtirok etgandi. Hujumchi Venaning “Rapid”, “Espanyol” va huquqiy tomondan haqiqiy klubi hisoblangan “River Pleyt”ga gol urgan holda musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

    Bundan biroz avval “Milionarios” “Real”ning 50 yilligiga atab tashkil etilgan musobaqada qatnashish uchun Ispaniyada bo‘lgandi. U yerda di Stefano “Real”ga qarshi final bahsida dublga erishdi. Uning jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va Alfredo musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. O‘yindan so‘ng “Real”ning o‘sha vaqtdagi prezidenti Santyago Bernabeu ofisga qaytgan, billur kuldonni polga uloqtirgan va klub g‘aznachisi Raymund Namiasga baqira ketgandi: “Bu yigit meniki bo‘ladi!”.

    Biroq uni “Barselona” prezidenti Enrik Marti ortda qoldirdi.

    Muzokaralarning boshlanishi va katalonlarning xatosi

    Foto: Footarchive

    Foto: Footarchive
    Di Stefano bu orada “Atletiko” murabbiyi Elenio Errera va “Barselona” klubi skautlar boshqarmasi rahbari Xosep Samityerdan taklif olishga ulgurdi. Kichik Jahon Kubogidan so‘ng futbolchi “Milionarios”ga qaytishdan bosh tortdi va Argentinada qoldi. U istalgan vaqtda oilasi bilan Yevropaga ravona bo‘lishga tayyor edi.

    “Barselona” futbolchining transfer huquqi bilan yuzaga kelgan chalkashliklarni to‘g‘irlash uchun muzokaralarga mashhur katalon advokati Ramon Trias Fargasni yubordi. “Millionerlar” bilan shartnomasi bo‘lishiga qaramay, di Stefano hali ham “River Pleyt” futbolchisi edi. Shunday ekan, transferni amalga oshirish uchun har ikki klubga pul to‘lash lozim edi. Fargas argentinaliklar bilan tezda kelishuvga erishdi va “Milionarios”dagi masalani hal qilish uchun Kolumbiyada yashovchi kataloniyalik Joan Buskets bilan bog‘landi.

    Bu esa katta xato edi, sababi Buskets “Milionarios”ning azaliy raqibi “Independente Santa-Fe” klubining direktorlar kengashi a’zosi edi. Uning muzokaralar stolida paydo bo‘lishi “millionerlar” rahbariyatiga ularning ustidan kulishdek tuyildi. Buning ustiga, futbolchi uchun “River”ga 87 ming dollar (hozirgi vaqtda, taxminan, 900 ming dollar) to‘lashga kelishib qo‘ygan katalonlar “Milionarios”ga shunchalik kam mablag‘ taklif qildiki, buning natijasida kolumbiyaliklar rahbariyati muzokalarni darhol to‘xtatdi.

    “Barselona” vakillari “River Pleyt” bilan kelishuvga erishilgani transfer uchun yetarli deb hisobladi va Kolumbiya klubining rad javobini e’tiborsiz qoldirgan holda pulni tayyorlashni boshladi. Ilk pul o‘tkazmalari 10 avgustga qadar argentinaliklar hisobiga kelib tushishi kerak edi.

    Ispaniyaga ko‘chish, Bogotadan kelgan telegramma va ikkita shartnoma

    1953-yilning 23-mayida Alfredo di Stefano oilasi bilan birga Argentinani tark etdi va Barselonaga yo‘l oldi. Hujumchi tomonidan imzolangan shartnomada quyidagi chalkash band ham bor edi: “26-iyul kuni futbolchi Kolumbiyadagi faoliyati tufayli yuzaga keladigan muammolardan qat’i nazar klub tasarrufiga yetib kelishi shart”.

    Di Stefano Ispaniyaga ketganidan bir kun o‘tiboq Santyago Bernabeu Raymund Namiasni “Milionarios” bilan kechajak muzokaralarda “Real”ning rasmiy vakili ekanini bildiruvchi hujjatni imzoladi.

    Foto: Footarchive

    Foto: Footarchive

    Uch kun o‘tib, “River Pleyt” Kolumbiyadan telegramma oldi. Unda “Milionarios” 1954-yilning oktabriga qadar di Stefanoni “Real” transfer qilish borasida kelishuvga erishgani yozilgandi. Bitimni o‘sha zahoti futbolchining o‘ziga jo‘natishdi. Telegramma ketidan Namias ham Argentinaga yetib keldi. “Real”ning rasmiy vakili “River” bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, katalon klubi 11-avgustga qadar birinchi pul o‘tkazmasini amalga oshirmasa, “River” futbolchini “Real”ga sotishga majbur bo‘lardi. “Barselona” pullarni dedlaynga to‘rt kun qolganida o‘tkazdi.

    Di Stefano “Yuventus”da, Ispaniya futbol federatsiyasining g‘alati qarori va iste’foga chiqarilgan prezident

    Bu vaqtda argentinalik futbolchi Ispaniyadagi hayotga moslashayotgan, Laslo Kubala bilan ko‘k-anorrang libosda birgalikda suratga tushgan va hatto katalonlar safida o‘rtoqlik o‘yinida qatnashishga ham ulgurgandi. Biroq “Barselona” prezidenti Martiga futbolchi atrofida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlar xush kelmadi va o‘sha yozdayoq di Stefanodan qutulish qaroriga keldi. Iqtidorli futbolchini prinsipial raqibiga berishni istamagan Marti “Yuventus” bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Bundan xabar topgan Alfredo prezident bilan qattiq tortishib qoldi. Bu orada vaziyatni tushunib yetgan turinliklar futbolchining maqomi borasida FIFAning rasmiy xatini talab qilgan holda muzokarlar o‘tkazishdan bosh tortdi.

    FIFA bu masalaga aralashdi va Ispaniya futbol federatsiyasidan vaziyatga oydinlik kiritishni talab qildi. 1953-yilning sentabr oyida federatsiya g‘alati qaror chiqardi. Unga ko‘ra, di Stefano 1953/54 va 1955/56-yilgi mavsumni “Real”da o‘tkazishi kerak, keyin esa 1954/55 va 1956/57-yilgi mavsumda “Barselona”da harakat qilishi lozim edi. Qaror muzokaralarni diqqat bilan kuzatib borgan Ispaniya hukumati vakili va har ikki klub rahbariyati tomonidan ma’qullandi. Santyago Bernabeu “Real”da o‘tgan birinchi yildan keyin futbolchi Kataloniyaga ketish orzusida yonmasligini juda yaxshi bilardi, Enrik Marti esa federatsiya va hukumatning bosimi ostida bunga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi. Bu qadam ishqibozlar va “Barsa” fan klub yetakchilarini g‘azab otiga mindirdi. Yakunda prezident o‘sha oyning o‘zida ishdan haydaldi.

    “Barselona” o‘sha zahoti 87 ming dollar evaziga futbolchining transfer huquqini “Real”ga sotib yubordi, di Stefano turmush o‘rtog‘i va ikki qizi bilan tungi poyezd bilan Madridga yo‘l oldi. Futbolchi 7 oy rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmagan va o‘n kilogramm ortiqcha vazn yig‘gandi. Biroq Madridga kelganidan bir kun o‘tib tashkil etilgan o‘rtoqlik uchrashuvida “Nansi” darvozasini ishg‘ol qildi.

    “Barselona”ning no‘noqligimi yoki fitna? Samityerning ikkiyoqlama o‘yini va diktatorning aralashuvi

    Foto: Footarchive

    Foto: Footarchive

    Di Stefanoning transfer tarixi juda ko‘p savollar uyg‘otadi. Nima uchun “Barselona” Janubiy Amerikada bu qadar no‘noq muzokara olib bordi? Di Stefanoni birinchi katalonlar sotib olishga uringandi, biroq nima uchun ispan futboli korchalonlari uni avvaliga “Real”da o‘ynaynashini belgiladi? Va nima sababdan “Barselona” iqtidorli futbolchini azaliy raqibiga osongina topshirib qo‘ydi?

    Uzoq yillar mobaynida buni fitna deb atagan tomonning fikricha, Ispaniya diktatori Franko tizimli ravishda katalon futbolini sindirishga uringan va “Real”ni qo‘llab-quvvatlagan. Bunday taxmin 1953-yilga qadar juda kulgili ko‘rinardi: Franko Ispaniyani boshqargan 17 yil mobaynida katalonlar besh bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan, madridliklar esa biror marta ham bu baxtga sazovor bo‘lmagan. Bundan tashqari, “Real” prezidenti Santyago Bernabeu bilan suhbat qurib turadigan Franko uzoq yillar davomida “Barselona”ning afsonalaridan biri Xosep Samityer bilan qalin do‘st bo‘lgan. O‘sha vaqtda Samityer “Barselona”ning skautlar bo‘limi rahbari edi. Samityer hatto Franko ko‘klarga ko‘tarilgan filmda ham rol ijro etgandi.

    Di Stefanoning Ispaniyaga kelishidan uch yil oldin “Barselona” skautlari rahbari yana bir tortishuvli transferda ishtirok etgan, biroq o‘shanda voqealar rivoji buning ayni aksi bo‘lgandi. Laslo Kubala “Real” bilan kelishuvga erishgan, boshlang‘ich shartnoma imzo chekkan va bitimning so‘nggi bandlarini muhokama qilish uchun Madridga yo‘l olgandi. Biroq Samityer uni vokzalda tutib oladi, mast bo‘lguniga qadar ichiradi va “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndiradi.

    Biroq ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Xosep Samityer di Stefano transferida ikkiyoqlama josusdek harakat qiladi. Aynan u Fargasni Kolumbiyadagi muzokaralarga Busketsni jalb qilishga ko‘ndiradi, so‘ngra futbolchini “Real”ga berib yuborishga rozi bo‘lganlar orasida bo‘ladi. Bu Samityerning “Kubala ishi” uchun Frankoga qaytargan qarzimi? Buning asl sababini bila olmasak kerak.

    Yangi yulduz

    Foto: Footarchive

    Foto: Footarchive

    Nima bo‘lgan taqdirda ham argentinalik futbolchining “Real”ga o‘tishi futbol tarixini o‘zgartirib yubordi. Yigirma yil La Ligada g‘olib chiqa olmagan klub di Stefano kelishi bilan ketma-ket sakkiz marta Ispaniya chempioni va ketma-ket besh bor Yevropa Chempionlar Kubogi sohibiga aylandi. Di Stefano beshta finalda ham gol urishga erishdi va futbol tarixida bir marta topshirilgan “Super Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi. France Football o‘shanda Kroyff, di Stefano va Platini triosidan eng kuchlisini tanlab, bir marta va umrbodga mazkur sovrinni topshirgandi.

    “Real”dagi debyutidan bir oy o‘tib Alfredo di Stefano ilk “El-Klasiko”da qatnashdi. Madridliklar unda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi, argentinalik futbolchi esa dublga erishdi.

    Shu tariqa buyuk “Real”ning 50-yillardagi afsonasi boshlangandi.

    Nodirxon Hamidxonov tarjimasi

    24.01.2020, 23:59   Izoh (0)   46675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ravshanbek Umurzoqov prof boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U nokautga uchradi

    24.01.2020, 23:51

    Boks bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqaning yangi mezboni ma’lum bo‘ldi

    24.01.2020, 22:52

    Ispaniya Kubogi. “Real” va “Barselona” 1/8 finaldagi raqiblarini bilib oldi

    24.01.2020, 17:53

    “Real” Xesus Valyexoni yana ijaraga berib yubordi

    24.01.2020, 17:16

    OCh—2020. Avstraliya — O‘zbekiston uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi

    24.01.2020, 16:17

    Boks bo‘yicha Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    24.01.2020, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.