Yangi Janubiy Uels shtati avvaliga kuchli o‘rmon yong‘inlaridan talofat ko‘rdi. Yanvar oyida yomg‘irlar yog‘ishni boshladi, ular olovni o‘chirishga yordam berishi kutilgandi. Ammo shunga qaramay hududda vaziyat o‘nlganmayapti, shtatda bo‘ron yuz berdi, Sidneyda esa golf koptokchasidek keladigan do‘l yog‘di.
Avstraliyada katta do‘l yog‘ishi tez-tez uchrab turadigan hodisa. 2019-yilning noyabr oyida ham qit’ada tuxum kattaligidek keladigan do‘l yog‘gan, yog‘ingarchilik oqibatida ko‘plab mashinalarning derazalari sinib, uylarga ham talofat yetgandi.
https://twitter.com/i/status/1195927695525175296
Izoh (0)