Avstraliya shimoli-sharqida joylashgan Kvinslend shtatida tovuq tuxumi kattaligida do‘l yog‘di. Bu haqda ABC xabar bergan.

Foto: ABC

Xabarga ko‘ra, sinoptiklar Kvinslend aholisini havoning keskin aynishi haqida oldindan ogohlantirgan. Ob-havo ma’lumotida nafaqat do‘l yog‘ishi mumkinligi, balki kuchli momaqaldiroq va qattiq shamol bo‘lishi ham xabar qilingandi.

Elektr toki simlarining uzilishi oqibatida 20 mingga yaqin xonadon chiroqsiz qoldi, do‘l yog‘gan hududlarda esa avtomobillar, uylar va korxona binolarining oynalari singan. Shtat janubidagi Sanshayn-Kost tumanida yashaydigan aholining mol-mulkiga boshqalarga nisbatan ko‘proq talafot yetgan.

https://twitter.com/i/status/1195946014517026816

Foto: ABC

Foto: ABC

Foto: ABC

Foto: ABC

Foto: Twitter