13 va 14-yanvar kunlari 2 kun mobaynida Toshkent shahrida fuqarolardan jami 32 dona pichoqlar rasmiylashtirib olingan, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
“Sizning fikringiz biz uchun ahamiyatli. Siz nima deb o‘ylaysiz pichoq olib yurganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish vaqti kelmadimikan?!” — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, fuqarolar o‘z fikr va mulohazalarini qoldirishlari mumkin.
Izoh (0)