So‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston, Tojikiston va rossiyaliklar eng ko‘p Qirg‘iziston fuqaroligini oldi, deb xabar berdi Sputnik.
Qayd etilishicha, 2015-yildan beri 22 456 nafar kishi Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Fuqarolikni olganlarning aksariyati etnik qirg‘izlar ekanligi aytilmoqda. Ushbu vaqt mobaynida eng ko‘p Qirg‘iziston fuqaroligini olgan shaxslar o‘zbekistonliklardir.
Qayd etilishicha, 2015-yilda 4470, 2016-yilda 3401, 2017-yilda 2341, 2018-yilda 1284, 2019-yilning so‘nggi besh oyi mobaynida 887 nafar o‘zbekistonlik Qirg‘iziston fuqaroligini olgan. Keyingi o‘rinda tojikistonliklar va rossiyaliklar turibdi.
Izoh (0)