9-yanvar kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Albaniya tomonidan O‘zbekistonning YXHT huzuridagi doimiy vakili, elchi Sherzod Asadovni YXHT doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo‘mitasining joriy yildagi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Iqtisodiy-ekologik qo‘mita YXHT hududidagi iqtisodiyot va ekologiya sohalaridagi hamkorlik va xavfsizlik bilan bog‘lik keng ko‘lamli masalalarni nazorat qiladi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Buyuk Britaniyaning YXHT huzuridagi doimiy vakili, elchi Nil Bush, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning raisi etib esa Chexiyaning tashkilot huzuridagi doimiy vakili, elchi Ivo Shramek tayinlandi.
Avvalroq Dilyor Hakimov O‘zbekistonning NATO huzuridagi missiyasi rahbari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)