Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-yanvar kuni Brussel shahrida O‘zbekistonning NATO huzuridagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov Alyans bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda tashkilot rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning ulkan salohiyatini to‘laqonli ochish imkoni beruvchi va mamlakatni tarixiy rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiquvchi tub islohot va o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston va NATO o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan, harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari ham muhokama qilindi.

Yens Stoltenberg Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanayotganini alohida ta’kidladi va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi mojaroni bartaraf etish masalalaridagi rolini qo‘llab-quvvatladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat