• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda “tez yordam”ni maxsus mobil ilova orqali ham chaqirish mumkin bo‘ladi

    Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 ta zamonaviy Ford rusumidagi reanimobillar topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda poytaxt aholisiga 179 ta tez yordam brigadasi tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Tizimda qariyb 900 nafar malakali shifokor, 1244 nafar feldsher va o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat yurityapti. Ayni paytgacha Toshkent aholisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda Nissan, Hyundai, Toyota rusumli maxsus avtotransportlardan ham foydalanilayotgan edi.

    Ta’kidlanishicha, jahon tibbiyotining eng so‘nggi tibbiy texnologiyalari bilan jihozlangan Ford reanimobillari chaqiriqni qabul qilishdan tortib, manzilga yetib borish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur holatlarda bemorni shifoxonaga yetkazishda qator qulayliklarga ega. Bu mashinalarning salonida zamonaviy EKG, IVL, defibrilyator, so‘rg‘ich, kislorod sistemasi va boshqa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, dori qutisida tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi dori-darmonlar bor.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Vazirlikning xabar qilishicha, Ford’larda eng so‘nggi rusumdagi aloqa vositalari ham o‘rnatilgan. Bu imkoniyat markazdagi dispetcherlik punktida turib mashinaning joylashuv nuqtasini, yo‘llardagi harakatini va mashina salonida tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonini bevosita kuzatishga imkon beradi. Endilikda chaqiriqqa otlangan tez yordamning yo‘llarda tirbandlikka duch kelishi, unga yo‘l berilmasligi holatlari ham mashinaga o‘rnatilgan aloqa vositalari xotirasiga yozib qolinadi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Ushbu avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida joriy etildi. Jumladan, mazkur tizimning joriy etilishi orqali murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish, tegishli tez tibbiy yordam stansiyalari brigadalariga yo‘naltirish hamda chaqiriq manziliga yetib borish vaqtini keskin kamaytiradi.

    Ushbu yangi tizim chaqiriqlarni nafaqat statsionar va mobil telefon vositasi orqali, balki maxsus mobil ilova orqali ham chaqirish imkonini yaratadi. Hatto nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ushbu ilova orqali mustaqil ravishda chaqiriq berish imkoniga ega bo‘ladi. Dispetcher sanoqli soniyalar ichida chaqiriqni kompyuterda to‘liq qayd qiladi va kompyuter tizimi avtomatik ravishda ushbu chaqiriqni chaqiriq joyiga eng yaqin bo‘lgan bo‘sh brigadaga uzatadi. Tizimga integratsiya qilingan GPS-geolokatsiya funksiyasi har bir brigadaning qayerda joylashganligini va statusini ko‘rsatib turadi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Bu tizim avtomatik ravishda dori vositalari, tibbiy buyumlar va yonilg‘i sarfini ham qayd qilib boradi. Belgilangan vaqt ichida bajarilgan chaqiriqlar, ularning turlari, bemorlar haqidagi ko‘plab statistik ma’lumotlarni avtomatik ravishda jamlab boradi. Ushbu yig‘ilgan axborotlar keyinchalik tahliliy ma’lumot sifatida shoshilinch holatlarda tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish jarayonida foydalaniladi.

    Xabarda aytilishicha, mazkur tizim imkoniyatlari Rossiya, AQSh, Yevropa davlatlari va Xitoy kabi qator mamlakatlar ekspertlari tomonidan sinovdan o‘tkazilib, zamonaviy talablarga to‘liq javob berishi tasdiqlangan.

    10.01.2020, 21:14   Izoh (0)   35810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chimyonda snegoxod odamlarni bosib ketdi (video)

    10.01.2020, 20:59

    Mingbuloq tumani hokimi fermerlarni so‘kkani uchun jarimaga tortildi

    10.01.2020, 20:27

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qor-yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    10.01.2020, 20:12

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

    10.01.2020, 19:57

    Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 ta Ford reanomobillari topshirildi (foto)

    10.01.2020, 19:42

    Samarqand va Buxorodagi tarixiy obidalar mehmonxonalarga aylantirilishi mumkin

    10.01.2020, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.