Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri;
- Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida;
- Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida;
- Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur, va Paxtachi tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida;
- Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida;
- Farg‘ona viloyatining So‘x tumani hamda Farg‘ona tumanining Shohimardon va Yordon qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan haq miqdori o‘rnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
2020-yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari
Avvalroq O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari, turlari, ish tartibi va boshqaruvi bo‘yicha yangi qaror qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)