Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Atletiko” klubi “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:2).
Finalda Madridning ikki jamoasi — “Real” va “Atletiko” o‘zaro bahs yuritadi. Bu esa Superkubok uchun kechadigan bahsda Ispaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘lmasligini anglatadi.
La Liganing amaldagi chempioni “Barselona” hisoblansa, Kubok esa “Valensiya”ga tegishli. Avvalroq “Valensiya” final ostonasida “Real”ga yutqazib qo‘ygandi.
Ma’lumot uchun, Superkubok bahslari odatda chempion va Kubok egasi o‘rtasiga kechadi. Biroq yangi formatga ko‘ra, 2020-yildan e’tiboran Ispaniya Superkubogida to‘rtta jamoa ishtirok etadi.
Ispaniya Superkubogi finali 12-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)