“Tottenhem” matbuot xizmati jamoa hujumchisi Harri Keynning jarohati borasida ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli futbolchining son mushaklarida yorilish yuzaga kelgan. Shu sabab tufayli Keyn operatsiya qilinadi.
Futbolchining qachon safga qaytishi jarrohlik amaliyoti qanday o‘tishiga bog‘liq. Ingliz hujumchisi taxminan aprel oyida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Keyn Angliya chempionatining 21-turi doirasida “Sauthempton”ga qarshi bahsda (0:1) jarohat olgandi. Harri Premyer Liga ushbu mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta golga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)