Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining D guruhi vakillari 10-yanvar, juma kuni 1-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
Vyetnam olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari bilan bahs yuritdi. Mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi va musobaqaning amaldagi vitse-chempionlari duranga rozi bo‘ldi.
Iordaniya olimpiyachilari esa KXDRga qarshi maydonga tushdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Muhammad bani Atieh iordaniyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Umar al-Zebdieh hisobni oshirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Ryan Hyon Ju hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi.
Shu bilan musobaqaning 1-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. 11-yanvardan boshlab 2-tur uchrashuvlari start oladi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12-yanvar kuni Xitoyga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
U23 OCh—2020
1-tur bahslari
10-yanvar, juma
D guruhi
Vyetnam — BAA 0:0
KXDR — Iordaniya 1:2
Gollar: 0:1 — 45+1 Muhammad bani Atieh, 0:2 — 74 Umar al-Zebdieh, 1:2 — 90+1 Ryan Hyon JuYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)