Vashington Yaqin Sharqdan qo‘shinlarini olib chiqmasa, “ikkinchi Vyetnam”ga duch keladi. Bu haqda Eron oliy rahnamosining xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy AQSh tomonidan o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy bilan vidolashuv marosimida ma’lum qildi, deya xabar beradi Al-Alam telekanali.
“Amerikaliklar o‘ta ahmoqlik qilib qo‘yishdi. Endi ‘ikkinchi Vyetnam’ni istamasalar, mintaqani tark etishlari lozim”, — dedi Viloyatiy.
Viloyatiy AQSh doimo Eron va uning ittifoqdoshlaridan mag‘lub bo‘lib kelganini ta’kidladi.
Izoh (0)