• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kosonlik fuqaro ukalarini qizining nomusiga tegishda va o‘g‘lini o‘ldirishga harakat qilishda ayblamoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaroning og‘ir ahvoldaligi aytilgan video tarqaldi. Videoda chiqish qilgan Husniddin Mirzayev 14 tonna g‘allasi hudud profilaktika inspektori tomonidan tortib olingani-yu, qizining nomusiga tegishga harakat bo‘lganidan shikoyat qiladi.

    Husniddin Mirzayev

    Husniddin Mirzayev
    Foto: “Daryo”

    Voqea tafsilotlarini o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning voqeaga aniqlik kiritishicha, fuqaro Husniddin Mirzayev aka-ukalari bilan kelisholmaganligi sababli mojaro kelib chiqqan.

    Ma’lum bo‘lishicha, tumanning “Beshqo‘ton” mahallasida yashovchi Husniddin Mirzayev ukalari — Odilbek, Nodirbek va Bahriddin Mirzayevlar bilan o‘zaro kelishmay qolgan.

    Husniddin Mirzayevning “Daryo” muxbiriga ma’lumot berishicha, u 2016-yil “Majidov Normo‘min” fermer xo‘jaligini tashkil etib, 37 gektar yer maydonini olib, faoliyatini boshlagan. 2017-yil g‘alla ekib, davlat rejasini 102 foizga bajargan. 2018-yil esa 70 foizga, 2019-yilga kelganda esa Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq fermer xo‘jaliklari optimallashtiriladi va “Majidov Normo‘min” fermer xo‘jaligining 37 gektar yeri “Sherali” fermer xo‘jaligiga qo‘shib yuboriladi.

    Husniddin Mirzayevning daladagi uyi

    Husniddin Mirzayevning daladagi uyi
    Foto: “Daryo”

    — G‘allani ekdim, parvarishladim, hosil yig‘adigan payt esa boshqalar ega chiqqani alamli bo‘ldi, — deydi Husniddin Mirzayev. – G‘alladan davlat rejasi 30 tonna edi, ammo mening 44 tonna g‘allamni olishdi. Zo‘ravonlik bilan olib qo‘yishdi. Bir xalta g‘alla ham berishmadi. “Uchastkavoy”ga bir xalta g‘alla bering, dedim. Ammo bermadi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Husniddin Mirzayev raisligidagi “Majidov Normo‘min” fermer xo‘jaligi 2019-yil “Sherali” fermer xo‘jaligi tarkibiga qo‘shilgach, 2019-yilning hosili ham “Sherali” fermer xo‘jaligi vakillari tomonidan yig‘ib olinadi. Bundan norozi bo‘lgan Husniddin Mirzayev g‘alla uchun mehnat qilganini aytib, o‘zi uchun ham olib qolishni so‘raydi.

    Fermer xo‘jaligi dalasi

    Fermer xo‘jaligi dalasi
    Foto: “Daryo”

    — 44 tonna g‘allaning barchasini topshirasiz, bu tuman hokimining buyrug‘i deyishdi, — deydi Husniddin Mirzayev. – “Tepa”ning buyrug‘i dedi. Mayli, deb g‘allani topshirdik. Alamlisi, shuncha mehnat qilib, bir xalta g‘alla ham ololmadik.

    Aniqlanishicha, Husniddin Mirzayev 2016-yil fermerlikni boshlagandan buyon fermer xo‘jalikda ishchi bo‘lib ishlovchi ukalari bilan kelishmaydi. Har doim urush-janjal qilib keladi. Buni Husniddin Mirzayevning marhum onasi Meylixol Berdiyorovaning 2018-yil 30-iyundagi O‘zbekiston Prezidentiga yozgan shikoyat arizasidan ham bilish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Meylixol Berdiyorova o‘z murojaatnomasida o‘g‘li Husniddin Mirzayev ukalari bilan kelishmayotganini, oilaga tegishli fermer xo‘jalikni 2016-yil o‘g‘li Husniddin Mirzayevga berib xato qilganini yozadi va yerni qaytarib olishda ko‘mak so‘raydi.

    Husniddin Mirzayev esa ukalari Nodirbek, Odilbek va Bahriddin Mirzayevlar fermer xo‘jaligi tashkil etilganidan beri u bilan murosa qilmayotganidan noliydi.

    Foto: “Daryo”

    — Eng yomoni, o‘g‘limni yotqizib, bo‘yniga “lapatka” tirashdi. So‘yib  tashlashga urindi, — deydi Husniddin Mirzayev ukalaridan shikoyat qilar ekan. — Bir kuni kechasi tashqarida yursam, qizimning baqirgan ovozi eshitildi, onasi bilan yugurib bordik. Borsak, qizimni yechintirishga urinib, ko‘ylaklarini yechib tashlagan Nodirbek Mirzayev qizimni kameraga olyapti. Zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Bu haqda hudud profilaktika inspektoriga shikoyat qildim. Biror nima qildimi, deb so‘raydi. Biror narsa qilishi shartmi? Shunday ko‘ngilsiz voqeaning oldini olishimiz kerakmasmi aslida.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Odilbek Mirzayev hamda Nodirbek Mirzayevlar akasi ularni jiyanlarini urganlikda va qizining nomusiga tegishi haqidagi aybloviga javob berar ekan shunday deydi:

    — Akam bilan 2016-yilgacha birga yashaganmiz, farzandlari esa jigarimiz. Aytingchi, inson o‘z jigarini o‘ldirishga harakat qilishi yoki qiz jiyanining nomusiga tegishga urinishi mumkinmi? – deydi Odilbek Mirzayev. – Axir ular bizning jigarlarimiz, akam o‘z manfaati uchun har qanday ayblovdan tonmayapti. Bu nafaqat biz uchun, oilamiz sha’ni uchun ham sharmandali holat-ku. Onam ham akamning shunday qilmishlariga chidolmay ko‘z yumdi. Hatto onasining ma’rakasiga kelmagan farzand jigarlarini ham ayamasligini isbot qilyapti.

    Nodirbek Mirzayev

    Nodirbek Mirzayev
    Foto: “Daryo”

    Odilbek Mirzayevning ma’lumot berishicha, Husniddin Mirzayev tortib olishdi deyotgan 14 tonna g‘allaning 9 tonnasi ularga berilgan. Qolgan 5 tonna g‘alla esa “Majidov Normo‘min” fermer xo‘jaligining 2018-yildagi qarzdorligini yopish uchun ishlatilgan.

    — 2019-yil 26-may kuni meni urib, boshimga “lapatka” bilan tushirib qulog‘imni yirtib yuborishdi, ko‘zimni ko‘r qilishdi, — deydi Husniddin Mirzayev. — Toshkentga borib, ekspertizadan o‘tib keldim. Ammo prokuratura bu jinoyatni yopyapti. Jinoyat alomati yo‘q deb yopyapti.

    Husniddin Mirzayevning ukalari esa bu fikrni rad etmoqda.

    Odilbek Mirzayev

    Odilbek Mirzayev
    Foto: “Daryo”

    — Akamning “urib ko‘zimni ko‘r qilishdi”, — degan gapi ham uydirma, — deydi Odilbek Mirzayev. – Ko‘zlaridagi nuqson yoshligida orttirilgan. Buni uydagilar — aka-ukalarimiz va opalarim tasdiqlashadi.

    Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Koson tuman hokimligi axborot xizmati ham vaziyatni o‘rganadi va quyidagicha fikr beradi:

    “Koson tumani “Beshqo‘ton” mahallasida istiqomat qiluvchi Mirzayev Husniddin Youtube orqali videomurojaat qilib, uning haq-huquqlari toptalgani, tan jarohati yetkazilganidan shikoyat qilib chiqdi. Koson tuman hokimligi mazkur shikoyatni o‘rganib chiqqanida berilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Fuqaro aka-ukalari bilan janjallashib, yer maydonini noqonuniy egallab olish harakatida bo‘lgan”.

    04.01.2020, 13:39   Izoh (0)   88819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mehnat vazirligi mehnat muhojirlariga nechta yangi xonadon ajratilishini ma’lum qildi

    04.01.2020, 12:59

    O‘zbekistonlik akrobatlar Amsterdamdagi namoyish vaqtida 10 metr balandlikdan yiqildi

    04.01.2020, 12:37

    O‘zbekistonda 2019-yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qaysi ekanini bilasizmi?

    04.01.2020, 12:14

    MIB Munisa Rizayevaning BMW X7 mashinasini xatlamoqchi bo‘ldi

    04.01.2020, 11:17

    Toshkentdagi jamoat transportlarida maxsus to‘lov kartalaridan foydalanish boshlandi

    04.01.2020, 10:37

    O‘zbekistonda o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishi mumkin

    04.01.2020, 10:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.