3-yanvar, juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab nobarqaror ob-havo saqlanib turadi, respublika hududining katta qismida ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. “O‘zgidromet”ning xabar berishicha, bu Turkmaniston hududidan nam havo oqimlari chiqishi davom etayotgani bilan bog‘liqdir.
4—5-yanvar kunlari O‘zbekistonda ob-havo o‘zgarmaydi. Avvalgidek bulutli havo ustunlik qiladi, ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 4-yanvar, shanba kuni shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning shimoliy hududlarida faqat 4-yanvarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5-yanvar, yakshanba kuni ushbu joylarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha pasayadi.
Izoh (0)