Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining Hamid Olimjon va Mahatma Gandi ko‘chalaridagi avtomobil va piyodalar yo‘llari ta’mirlanishi boshlandi.
Shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, ta’mirlash ishlari sabab 29-dekabr kuni mazkur yo‘llarning bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Ma’lumotda aytilishicha, ushbu holat 15-yanvarga qadar davom etadi. “Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Izoh (0)