A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida 29—30-dekabr kunlari ob-havo sharoiti og‘irlashadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, yakshanba—dushanba kunlari dovonda qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushib, ko‘rish darajasi 50—100 metrgacha pasayishi mumkin.
“Shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxmalaklar hosil bo‘lishi kutilmoqda”, — deyiladi “O‘zgidromet” axborotida.
Avvalroq aynan shunday ob-havo sharoiti sababli 21-dekabr kuni dovon bo‘ylab avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. 25-dekabrda esa Qamchiqda uchta mashina chuqurga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)