• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vaziri Senat raisi Tanzila Norboyevaning “salomi”ga javob qaytardi. Senat bu javob ustidan hukumatga xat yo‘lladi

    Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Senatning taklifnomasida u yoki biror o‘rinbosari aniq ko‘rsatilmagani uchun ham Senat Kengashining 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida qatnashmagan. Vazir bu haqda 25-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

    Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga qo‘shtirnoq ichida “salom” yo‘lladi

    Respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov vazir Alisher Shodmonovga murojaat qilib: “Kecha (24-dekabr kuni) Tanzila Kamalovna Norboyeva juda katta, kerakli yig‘ilish o‘tkazdi. Tushunmadim, nimaga bormaysiz?! Sizga aloqasi yo‘qmi bu masalaning?”, dedi.

    Alisher Shodmonov (chapdan birinchi), Abdujabbor Abduvohidov (o‘ngdan ikkinchi), Nig‘matilla Yo‘ldoshev (o‘ngdan birinchi).

    Alisher Shodmonov (chapdan birinchi), Abdujabbor Abduvohidov (o‘ngdan ikkinchi), Nig‘matilla Yo‘ldoshev (o‘ngdan birinchi).
    Foto: Bosh prokuratura

    Vazir Shodmonov davlat rahbarining maslahatchisiga javob berarkan, jumladan, shunday dedi: “Kecha OAVlarda turli chiqishlar bo‘ldi. Men ham rasmiy munosabatimni bildiray, yozib olishsin. Men Senatni, Senat raisini juda hurmat qilaman. Barcha majlislarga borganman, lekin bunisida qatnashmadim. Chunki taklif qilinmagandim”.

    Shundan keyin senator Zayniddin Nizomxo‘jayev so‘z olib, sog‘liqni saqlash vazirining fikrlariga munosabatni bildirdi: “Vazirlikka 18-dekabr kuni xat chiqarilgan. Kechagi tadbirda Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hisoboti tinglandi. Hammasi keldi, faqat bir odam kelmadi”, — dedi Nizomxo‘jayev, sog‘liqni saqlash vazirini nazarda tutib.

    “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning ma’lum qilishicha, Senat Kengashining 24-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida Zayniddin Nizomxo‘jayev sog‘liqni saqlash vazirining ishtirokini ta’minlashni so‘rab, rasman xat yuborilganini ta’kidlagan.

    Zayniddin Nizomxo‘jayev (2019-yil, 24-dekabr).

    Zayniddin Nizomxo‘jayev (2019-yil, 24-dekabr).
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    Respublika idoralararo komissiyasi yig‘ilishdan so‘ng jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Alisher Shodmonov Senat Kengashi majlisida nima uchun qatnashmagani haqidagi masalaga yana bir bor to‘xtaldi. “Bizga taklifnoma kelgan, lekin unda vazir yoki vazir o‘rinbosari borishi to‘g‘risida masala ko‘tarilmagani uchun qatnasha olmadim. Ammo sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidimologiya agentligi rahbari hamda vazirlik boshqarma boshlig‘i qatnashgan”, — dedi u.

    Vazir Shodmonovning ushbu bayonotlari ortidan Senat axborot xizmati 18-dekabr kuni vazirlikka xat chiqarilgani, xat 20-dekabr kuni feldaloqa xizmati orqali yetkazilgan va shu kuni soat 11:45 Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimi tomonidan qabul qilib olganini ma’lum qildi.

    “Sog‘liqni saqlash vazirining mazkur xatti-harakatlari va vazirlikdagi ijro intizomini kuchaytirish choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqligi yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli xat yuborildi”, — deyiladi Senat axborot xizmatining 25-dekabr kuni tarqatilgan xabarida.

    25.12.2019, 19:12   Izoh (0)   69639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuror: 19 nafar tibbiyot xodimi psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullangan

    25.12.2019, 18:47

    Toshkentda talabalar inson his-tuyg‘ularini ochadigan va uning keyingi xatti-harakatlarini aniqlab beradigan dastur yaratdi

    25.12.2019, 18:40

    O‘zbekistonda 26-dekabr kuni harorat 18 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    25.12.2019, 18:10

    Zarafshonda qarg‘alarning ommaviy o‘limi qayd etildi

    25.12.2019, 17:39

    O‘zbekistonda portlovchi moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar xususiylashtiriladi

    25.12.2019, 17:23

    O‘zbekistonda prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi zaiflashdi

    25.12.2019, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.