Zarafshon shahrining “Oltin vodiy” gazetasiga aholi tomonidan qarg‘alar “qabristoni” haqida ma’lum qilingan, deb xabar berdi “Ekolog.uz” Telegram kanali.
Bu holat shaharning “Marvarid” ko‘chasidagi yo‘l yoqasida (mo‘ljal: Zarafshon qurilish boshqarmasi ma’muriy binosi, gipermarket tugallanmagan qurilish obyekti) aniqlangan.
Bu yerda shaharliklar ko‘plab qarg‘alarning o‘lib yotganligining guvoh bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan shahar obodonlashtirish, veterinariya bo‘limi hamda ekologiya inspeksiyasiga murojaat qilingan. Ular voqeadan bexabar ekanligini, ammo yaqin orada o‘rganilib, qarg‘alar o‘limiga nima sabab bo‘lganligiga izoh berishlarini ma’lum qilgan.
Izoh (0)