Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru 23-dekabr kuni o‘z qarorgohida yiqilib tushganidan so‘ng bir muddat xotirasidan ayrilganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Yoshimiz o‘tgani sayin biz bolaga o‘xshab qolamiz. Kecha men rostdan ham sirpanib ketib yiqilib tushdim, xotiramni yo‘qotdim, lekin Xudoga shukur, hammasi o‘tib ketdi”, — deydi Bolsonaru.
Ma’lumot uchun, 23-dekabr kuni kechki payt Bolsonaru qarorgohidagi vannaxonada boshi bilan yiqilib tushgan hamda zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
“Men orqam bilan yiqildim, kuchli zarb yedim”, — deydi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xotiraning yo‘qolish holati vaqtincha kuzatilgan.
“Bugun ertalab xotiram sekin-asta tiklandi. Masalan, kecha nima bilan shug‘ullanganimni eslay olmayotgandim”, — deydi seshanba kuni kasalxonadan chiqqan Bolsonaru.
Shifokorlar prezidentga bir necha kun dam olishni tayinlaganiga qaramay Bolsonaru kasalxonadan chiqishi bilan bir necha uchrashuvlarda ishtirok etgan.
Izoh (0)