• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2020-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

    Vazirlar Mahkamasining “Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 2020-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Qaror mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarini oqilona joylashtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

    Qarorga bilan quyidagilar tasdiqlandi:

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda asosiy maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun asosiy maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish muddatlari bo‘yicha joylashtirish ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda asosiy maydonlarga ekiladigan sabzavotlardan yetishtiriladigan mahsulotlar prognoz ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda bog‘ va tok qator oralarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz hajmlari;
    • 2020-yil hosili uchun lalmi maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari;
    • 2020-yilda lalmi maydonlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari prognoz ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda foydalanishiga kiritiladigan yerlarda shotut va balx tut plantatsiyalari tashkil etish ko‘rsatkichlari;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda asosiy maydonlarda, bog‘ va tok qator oralari hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari va zarur mablag‘lar hisob-kitobi;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
    • har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari konturlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq ekilishini, agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;
    • sug‘oriladigan ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida ilmiy-innovatsion yondashuv mexanizmlari asosida beda almashlab ekish tizimini joriy etadi;
    • “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minotchi, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, savdo xarid tashkilotlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini yakunlaydi.
    Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, tezpishar va eksportbop navlarini tanlashda ko‘maklashadi va sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda “in-vitro” sharoitida viruslardan holi bo‘lgan sog‘lom fitosanitar toza mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetishtirish hajmlarini oshirgan holda 2020-yilda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etadigan fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetkazib berishni tashkil etadi.

    Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun asosiy va takroriy maydonlarga, bog‘ va tok qator oralariga ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mavsumi yakuni bilan o‘lchovdan o‘tkazib boradi va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.

    Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda vegetatsiya davrida ajratilgan suv limitlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarining suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda sug‘orish grafiklari asosida o‘z vaqtida suv bilan to‘liq ta’minlaydi.

    “O‘zagrokimyohimoya”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

    • fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining belgilangan ekin maydonlariga mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallarini belgilangan tartibda birja savdolari orqali yetkazib berishni;
    • asosiy va takroriy maydonlarga, bog‘-tok qator oralariga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish uchun zarur kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilishini va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etadi.

    25.12.2019, 01:32   Izoh (0)   12309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yashnobod tumanida 25-dekabr kuni vaqtincha gaz o‘chiriladi

    25.12.2019, 00:31

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yangi metro bekatlarining 28-dekabrda foydalanishga topshirilmasligini bildirdi

    24.12.2019, 23:56

    DXA haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirishning so‘nggi muddatini eslatdi

    24.12.2019, 23:32

    O‘zbekiston havo ifloslanishi bilan bog‘liq o‘lim holati bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallaydi

    24.12.2019, 23:10

    Urgutda suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish uchun yig‘ilgan 320 mln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    24.12.2019, 22:53

    Ibrohim Abdurahmonov: Kim birinchi ariza bersa, patent o‘shaniki bo‘ladi

    24.12.2019, 22:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimlikdan zaharlanib 23 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 avgust, 14:23

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21

    Oddiy insonlar bilan turmush qurgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 24 avgust, 12:31

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.