O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkaziladigan 22 ta saylov okrugidan umid katta. Partiya yetakchisi Alisher Qodirov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida partiyaningi ikkinchi turga o‘tgan 15 nafar nomzodi g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
O‘zLiDeP 43 ta o‘rinni oldi, biz 35 ta o‘ringa ega chiqdik — 8 ta o‘rin farq qilyapti. Agar takroriy ovoz berishda O‘zLiDeP birorta ovoz olmasa-yu, biz taxminan 10 talar o‘rinni olsak, birinchi o‘ringa chiqishimiz mumkin.22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zLiDePdan 43 nafar, “Milliy tiklanish” partiyasidan 35 nafar, “Adolat” partiyasidan 21 nafar, Xalq demokratik partiyasidan 18 nafar va Ekologik partiyadan 11 nafar deputat saylandi.Takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkaziladigan 22 ta okrugning 15 tasida “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodlari ikkinchi turga o‘tgan. O‘zLiDePdan aynan qancha nomzod ikkinchi turga o‘tganini aniq bilmayman, bizda esa hali 15 ta imkoniyat bor — ularning bari ikkinchi turda g‘alaba qozonishiga ishonchim komil.
Alisher Qodirov, “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi
Izoh (0)