• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bojxona orqali olib o‘tiladigan tovarlar maqsadini aniqlash tartibi ma’lum qilindi

    Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash tartibi e’lon qilindi.

    Foto: “Norma”

    Foto: “Norma”

    Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarni shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlar toifasiga kiritish jismoniy shaxs tomonidan deklaratsiyalash yo‘li orqali amalga oshiriladi.

    Nizom asosida bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar mazkur hududdan olib chiqilayotganda ularni olib kirishda to‘langan bojxona to‘lovlari qaytarilmaydi.

    Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash

    Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarning miqdori, xususiyati va olib o‘tilishining takroriyligi hamda jismoniy shaxs safarining holatlari, shuningdek, bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar jismoniy shaxs va uning oila a’zolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanganligini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

    Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning maqsadini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi:

    a) chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tishda:

    • tovar xususiyatlari – tovarning iste’molligi, uning qo‘llanilishi va foydalanishi inobatga olinadi. Bunda odatda turmushda foydalanilmaydigan tovarlarni olib kirish, bunday tovarlar tijorat maqsadida olib kirilayotganligiga asos bo‘ladi, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs buni aksini isbotlab bermasa;
    • tovarlarning miqdori – bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi (bir nomda, bir o‘lchamdagi, bir shakl hamda rangda va boshqalar) tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
    • tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi – bunda, ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarni oz miqdorda bo‘lsa ham bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi. Chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning bojxona organiga taqdim etiladigan pasportiga qo‘yiladigan belgi (shtamp) O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tkazish punktidan o‘tishini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
    • safarning holatlari – bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi, kelish davlati hisobga olinadi;
    • boshqa huquq-tartibot organlardan tovarlar va ularni olib o‘tayotgan shaxslar to‘g‘risida kelib tushgan ma’lumotlar mavjudligi – bunda, tovarlar tijorat yoki boshqa shaxsiy ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda olib o‘tilayotgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladi;
    • yashash joyining chegara hududiga tutash (yaqin) joylarda joylashganligi – bunda tovarlar tijorat maqsadlarida olib kirilayotgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladi;
    b) xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik jo‘natmalar (XPJ va XKJ) orqali, shu jumladan, xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan tovarlarni olib o‘tishda:
    • XPJ va XKJ oluvchining yoshi uning manziliga keluvchi tovarlarning xususiyatlari bilan muvofiqligi;
    • bir manzil bo‘yicha yashovchi bir yoki bir necha jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan bir xil turdagi tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi;
    • deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlarni qabul qiluvchi manzilining jismoniy shaxs haqiqatda ro‘yxatdan o‘tgan joyi bilan farqliligi;
    • yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan birining mavjudligi bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxslar va uning oila a’zolari tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmaganligiga (shaxsiy foydalanish yoki iste’mol maqsadida emasligi), taxmin qilishga asos bo‘ladi.
    O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kuzatib borilayotgan va (yoki) kuzatib borilmayotgan bagajlarda shaxsiy ehtiyojlari uchun bo‘lgan tovarlarning olib kirish cheklangan normalari, yo‘nalish va yetib borish manzilida zarur hamda ilgari foydalanishda bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni hisobga olmagan holda quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
    • yo‘nalish va (yoki) yetib borish manzilida umume’tirof (an’anaviy) tartibda foydalanish amaliyoti, shu bilan birga, mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, bojxona chegarasidan o‘tish takroriyligini inobatga olgan holda;
    • eskirish va boshqa ishlatilganlik belgilari mavjudligi, (shu jumladan, qirilishlar, bukilishlar va boshqa mexanik shikastlar);
    • birkalar, yorliqlar, ishlab chiqaruvchi o‘rovi yo‘qligi, shu jumladan, alohida olib o‘tiladigan, asl holatini iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan usulda tiklashni istisno etuvchi tarzda shikastlangan qadoqlash o‘rovi bundan mustasno;
    • tovarlarni odatiy tartibda foydalanish uchun yetarli bo‘lgan darajada bitta yoki boshqa miqdorda, shu jumladan, mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, yo‘nalish davomida yoki yetib borish manzilida obyektiv zaruriyatligini inobatga olgan holda olib kirish.
    Jismoniy shaxs bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona chegarasi orqali shaxsiy ehtiyojlar uchun olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi hamda sud organlariga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.

    Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash

    Bojxona chegarasi orqali shaxsiy ehtiyojlar uchun olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymati, jismoniy shaxs tomonidan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan bir yoki bir nechta asl hujjatlar (shartnomalar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, hisob-proformalar, tijorat hisoblar, tovar-cheklar, to‘lov kvitansiyalari, mulk xatlovlari va boshqalar) bilan deklaratsiyalashda ma’lum qilingan qiymatlar asosida aniqlanadi, XPJ va XPK orqali olib o‘tiladigan tovarlar bundan mustasno.

    Bunday qiymatning nazorati jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan asl hujjatlardagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

    Ko‘rsatilgan bojxona qiymatini tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar deklaratsiyalangan tovarlar, shu jumladan, ko‘rinish holati, miqdori, joyi va xarid vaqtlari bilan solishtirilishi lozim.

    Jismoniy shaxs tomonidan tovarlarning ma’lum qilingan qiymatini to‘g‘riligini tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda bojxona organi mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona qiymatini aniqlaydi.

    Bojxona organining mansabdor shaxsi jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun XPJ va XPK orqali yo‘naltirilgan, shu jumladan, xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlari summasini hisoblashda, Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlari bilan nazarda tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanadi.

    Agar ko‘rsatilgan qiymatlar, Umumjahon pochta ittifoqining bojxona maqsadlarida foydalaniladigan hujjatlardagi qiymatlardan ortiq bo‘lsa, XPJ va XPKga nisbatan bojxona to‘lov summasi ko‘rsatilgan qiymatlardan hisoblanadi.

    Alohida bagajda hamda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatiga aeroportgacha, daryo portigacha yoki bojxona hududining boshqa kirish joyigacha yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar qo‘shiladi.

    Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona organlarida foydalanishda bo‘lgan o‘xshash tovarlarning narxlar ma’lumotnomasi (ma’lumotnomalar, o‘xshash tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi, ishlab chiqaruvchi/xarid qiluvchilarning kataloglari, ishlab chiqaruvchilarning narxlar ma’lumotnomalari, ilgari rasmiylashtirilgan tovarlar bo‘yicha ma’lumotlar, xarid qilingan davlatlarning Internet saytlardagi ma’lumotlar va boshqalar) asosida mustaqil ravishda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashi mumkin.

    Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga qonunchilikda belgilangan import qilinadigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi.

    Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari qo‘llanilmaydigan va tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlarni olib kirishda cheklangan normalardan oshirilsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’iy nazar tovarlarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

    Yakuniy qoidalar

    Nizom alohida toifadagi shaxslar (xalqaro haydovchilar, xizmat safari bo‘yicha harakatlanayotgan shaxslar, delegatsiya a’zolari va h.k.), shuningdek, xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotgan shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

    Agar jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanganligi, ushbu shaxs tomonidan ma’lum qilinsa yoxud bojxona organi tomonidan aniqlansa, ularga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashuvchilariga nazarda tutilgan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy tartibi qo‘llaniladi.

    Nizom qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tishda ikki yo‘lakli tizimdan foydalanganda ham qo‘llaniladi.

    Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tilishining qonuniyligi nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tanlov asosida (obyektlar tanlovi va (yoki) ularni nazorat qilish usullari) va ushbu nizomda belgilangan shartlarga rioya etilmagan hollarda amalga oshiriladi.

    Bu shartlarga muvofiq bo‘lmagan tovarlar, olib o‘tish uchun “qizil” yo‘lakka yo‘naltiriladi.

    Jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun tovarlarni Nizomda nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tgandan so‘ng aniqlansa, bojxona, veterinariya, fitosanitariya va davlat nazoratining boshqa turlari ushbu tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan shaxsiy ehtiyoji uchun tovarlarni, ular “yashil” yo‘lakdan olib o‘tilganidan so‘ng aniqlangan holatda, bunday tovarlarni olib o‘tgan jismoniy shaxs qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

    Jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishga belgilangan me’yorlardan oshgan tovarlarni qaytarib olib chiqmaslik, ular bo‘yicha lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik yoxud ularni to‘lashdan bosh tortish holatlarida, bojxona organining mansabdor shaxsi ushbu tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlovga olish yuzasidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasini tuzadi.

    Mazkur tovarlarning saqlov muddati oltmish kalendar kundan, tez buziladigan tovarlar esa o‘n kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatni tashkil etadi.

    Ko‘rsatilgan muddatlarda vaqtincha saqlovga topshirilgan tovarlar yuzasidan tegishli tartibda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirilmaganda yoxud ularni talab qilinmaganda, bojxona organining mansabdor shaxsi ushbu tovarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish choralarini ko‘radi.

    23.12.2019, 15:10   Izoh (0)   27835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vladivostokda o‘zbeklar uxlab yotgan yotoqxonada yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    23.12.2019, 14:56

    O‘zLiDeP Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egalladi

    23.12.2019, 14:21

    O‘zbekistonda bloklangan yana bir qator saytlar ishga tushirildi

    23.12.2019, 14:11

    Saylovlarda qonunbuzilish holatlari bo‘ldi

    23.12.2019, 13:28

    Nukuslik fuqaro internetda aldanib 165 mln so‘mga chuv tushdi

    23.12.2019, 13:13

    Qashqadaryodagi saylov sahnalashtirilgani aytilmoqda. Holat prokuratura nazoratiga olindi

    23.12.2019, 12:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

    Dunyo | 12 may, 19:50

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:40

    “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi tadbirkorlar eʼtirozi sabab to‘xtatiladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:38

    Tez-tez shamollash, holsizlik, asabiylashish: osteopatiya qanday muammolarni yechishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 12 may, 19:30

    O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga qanday ajratilishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:16

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 12 may, 19:07

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    Dunyo | 12 may, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.