• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    YeXHT DIIHB missiyasi rahbari: “Ushbu saylov — O‘zbekiston uchun o‘z shaffofligini namoyon etish imkoniyatidir”

    Saylovlarni kuzatuvchi shaxslar soniga qo‘yilgan cheklovning yo‘qligi O‘zbekistonga shaffoflikni ta’minlashga imkon beradi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi (DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi rahbari Tana de Zulueta 22-dekabr kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi 882-saylov uchastkasiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Gazeta.uz”ning qayd etishicha, YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi butun mamlakat bo‘yicha ishlamoqda.

    “Men poytaxtda ishlayapman, biroq butun mamlakat bo‘ylab 222 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi, YeXHT Parlament assambleyasining 55 nafar vakili ham ishlayapti. Butun mamlakat bo‘ylab ishlayotgan uzoq muddatli kuzatuvchilar va YeXHT missiyasining asosiy jamoasi bilan birga biz jami 316 kishimiz. O‘zbekiston uchun ilk bor bunday katta missiya keldi. Umumiy hisobda YeXHTga a’zo 37 mamlakatdan kuzatuvchilar kelgan”, — deya ma’lum qildi Tana de Zulueta.

    Saylov byulletenida “hammaga qarshiman” degan qator ham bo‘lishi kerakmi, degan savolga javob berarkan, missiya rahbari ba’zi mamlakatlarda shunday variantlar qo‘shilishini qayd etib o‘tdi. “Lekin shaxsan o‘zim hech qachon bunday grafani ko‘rmaganman va saylovlarni usiz ham yaxshi o‘tkazish mumkin, deb hisoblayman”, — dedi u.

    Bundan tashqari, Tana de Zulueta taqdim etilgan tavsiyalarga muvofiq, saylovlarda mustaqil nomzodlar ham qatnashishi kerakligini aytib o‘tdi.

    “Kuzatuvchilarning vazifasi — saylovlarni kuzatish hamda O‘zbekiston xalqaro standartlar va YeXHT a’zosi sifatida o‘z majburiyatlariga qanchalik rioya etayotganini aniqlash. YeXHTning avvalgi hisobotlarida saylovda mustaqil nomzodlar ham bo‘lishi kerakligi tavsiya qilingan, biroq bu bor-yo‘g‘i tavsiya”, — dedi u.

    YeXHT DIIHB missiyasi rahbari kuzatuvchilar butun mamlakat bo‘ylab faoliyat olib borayotganini, dastlabki xulosalar haqidagi bayonot esa saylovlarning ertasiga, yakuniy hisobot esa saylov jarayoni yakuniga yetganidan ikki oy o‘tib taqdim etilishini ta’kidlab o‘tdi.

    “Shuni ham qayd etishni istardimki, kuzatuvchilar kodeksiga muvofiq, ular saylov jarayoniga aralasha olmaydi. Biz faqat kuzatamiz va belgilangan standartlarga nomuvofiq biror xatti-harakatni ko‘rsak, buni hisobotimizga kiritib, bu haqda xabar beramiz”, — dedi YeXHT DIIHB vakili.

    Tana de Zulueta kuzatuv faoliyatidagi ehtimoliy cheklovlar haqida gapirarkan, joriy saylovlarda kuzatuvchilar soniga nisbatan avvalgi yillarda mavjud bo‘lgan cheklov yo‘qligini ma’lum qildi.

    “Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, missiyamiz ish boshlagan 25-noyabrdan beri Markaziy saylov komissiyasi bilan juda yaqindan hamkorlik qildik, ishlarni tashkil qilishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi. Bu O‘zbekistonga kelgan ikkinchi to‘liq kuzatuvchilar missiyasi, birinchisi 2016-yilgi prezident saylovida bo‘lgandi. Avvalgi missiyalarda biz mamlakatga yuborishimiz mumkin bo‘lgan kuzatuvchilar soni bo‘yicha cheklovlar mavjud edi. Biroq hozir, bu saylovlarad bunday cheklov yo‘q. Biz buni olqishlaymiz, bu mamlakat uchun foydali, bu O‘zbekistonga o‘z shaffofligini erkin namoyon etish imkonini beradi”, — deb hisoblaydi u.

    Mavzuga doir: YeXHT Parlament assambleyasi: “Xalq ishonchini oqlash — yangi parlament uchun eng katta mas’uliyat”

    22.12.2019, 21:41   Izoh (0)   9696
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2019-yilgi parlament saylovi — suratlarda

    22.12.2019, 21:10

    YeXHT Parlament assambleyasi: “Xalq ishonchini oqlash — yangi parlament uchun eng katta mas’uliyat”

    22.12.2019, 21:00

    Video: Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashdi

    22.12.2019, 20:51

    Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik yigit Urugvay fuqarosidan 196 ming yevro o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda

    22.12.2019, 20:40

    Toshkentda ijro hokimiyati organi vakillari ayrim nomzodlarning foydasini ko‘zlab saylov komissiyalariga bosim o‘tkazgani ma’lum qilindi (video)

    22.12.2019, 20:33

    Surxondaryoda Denov universiteti tashkil etiladi

    22.12.2019, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.