Bugun, 22-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan brifingda MSK vakillari hududlardan saylov jarayoniga oid murojaatlar bo‘yicha vaqtida ma’lumot e’lon qilyapti, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
“Qo‘yliq tumanidagi 374-saylov uchastkasida ‘Ekologiya partiyasi kuzatuvchisi har bir saylovchi 3 tadan byulleten olib, urnaga tashlayapti, deb uchastkada janjal ko‘tarmoqda’ degan murojaat bo‘ldi. Buni o‘rganish natijasiga ko‘ra, janjal ushbu kuzatuvchi tushunmaganligi oqibatida kelib chiqqan. U bilan IIV xodimlari va komissiya a’zolari hamkorligida tushuntirish olib borildi”, — dedi MSKning kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov.
Shuningdek, MSK rasmiysi Bekobod tumanidagi 260-saylov uchastkalarida oilaviy ovoz berishga harakatlar bo‘layotganligi haqida murojaat kelib tushganligi, biroq, bu harakatlar USK a’zolari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilganligini qayd etdi.
Izoh (0)