• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    21-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ochib berdi. “Amirsoy” majmuasini ishga tushirish uchun Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya kabi davlatlardan yetakchi loyihachi kompaniyalar jalb etilib, tog‘-chang‘i kurorti majmuasi zamonaviy jahon standartlari asosida qurib bitkazildi va bugun Siz, aziz tashrif buyuruvchilar uchun ishga tushirilmoqda.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Tog‘-chang‘i kompleksi joylashuv jihatidan qulay hududda tashkil etilgan bo‘lib, dam olish maskanining faoliyati uchun yuqori sifatli asbob-uskunalar, jihozlar keltirilib o‘rnatilgan, bu esa, o‘z navbatida, mehmonlar xavfsizligini ta’minlash va ularga qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Ushbu loyiha sohada katta tajribaga ega Andorraning PGI Management kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi”, — dedi Aziz Abduhakimov.

    Shundan so‘ng Sabina Mustayeva, DJ Petishka va Bella, “Sharqoniy” guruhi, Janob Akrom va uning baraban-shousi, Sergey Zlotnikovning “Double Dance Show” musiqiy tabriklari yangradi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Xalq polvonlarining folklor shousi hamda Baxriddin Chustiy boshchiligidagi eng taniqli oshpazlar guruhidan taqdim etilgan “Katta palov” tadbirga milliy shukuh bag‘ishladi. Ta’kidlash joizki, “Amirsoy” loyihasi bo‘yicha 2018-yildan buyon 892 gektar maydonda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilib, u 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan hamda uning umumiy qiymati 100 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    “Amirsoy”ni qurish ishlariga eng ilg‘or va innovasion texnologiyalar jalb qilingan bo‘lib, kurort loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - 2019-yilning IV choragida, ikkinchi bosqichi esa 2022-yilning III choragida bitkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek hududda Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan ikki zamonaviy dor yo‘li qurildi, uning uzunligi 2 193 metr bo‘lib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2 400 kishini tashkil etadi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Qishki dam olish zonasida Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni tashkil etadi. Sun’iy qor ishlab chiqarish tizimi esa chang‘i mavsumini noyabrdan aprel oyigacha uzaytirishga xizmat qiladi. Qishki sport o‘yinlari ishqibozlari, chang‘ichilar va snoubordchilar uchun har qanday darajadagi yo‘llar mavjud bo‘lib, ularning tog‘-chang‘i sporti bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Shu bilan birga, tog‘-chang‘i kurorti majmuasi hududida tyubing, piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrotsiklda uchishlarni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar zona va maxsus bolalar o‘yin maydonchasi uchun alohida hududlar tashkil etilgan. Ayni vaqtda loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, “Amirsoy” dam olish maskanining keng jamoatchilik uchun ochilishga tayyor holatga keltirilgan. Loyihaning “G‘arbiy Amirsoy” deb nomlangan ikkinchi bosqichi esa 2022-yilning uchinchi choragida yakunlanishi va ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatida 2019-yil yakuni bo‘yicha 1464,5 mingga yaqin sayyoh tashrifi kutilayotgan bo‘lib, jumladan, xorijiy turistlar soni 205,1 ming kishiga yetishi kutilmoqda. 2020-yilda kutilayotgan turistlar soni o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan 10,3 foizga, jumladan xorijiy turistlar soni 16,6 foizga o‘sishi kutilmoqda, ulardan “Amirsoy” sayyohlik majmuasini ishga tushirish hisobiga tashrif buyuruvchilarning sonini qo‘shimcha jami 32,8 ming nafarga ko‘paytirish nazarda tutilgan.

     

     

    22.12.2019, 15:18   Izoh (0)   36468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda to‘yi bo‘layotgan kelin-kuyov ovoz berish uchun saylov uchastkasiga keldi (foto)

    22.12.2019, 14:56

    Surxondaryoda ayollar sochini sotib olish bahonasida xonadonlarga o‘g‘rilikka tushib yurgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

    22.12.2019, 14:11

    Qashqadaryoda deputatlikka nomzodlardan majburan ariza olingan degan xabarni mas’ullar rad etmoqda

    22.12.2019, 13:51

    Foto: Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev oila a’zolari bilan birga ovoz berdi

    22.12.2019, 13:33

    Andijon va Surxondaryo viloyati hokimlari ham Parlament saylovlarida munosib nomzodga ovoz berdi

    22.12.2019, 13:28

    Foto: Prezident Mirziyoyev oilasi bilan birga saylovda

    22.12.2019, 13:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.