Rossiya, Niderlandiya terma jamoalari sobiq ustozi Gus Xiddink PSV klubida ish boshladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 73 yoshli mutaxassis PSVda maslahatchi lavozimida faoliyat olib boradi. Xiddink o‘z maslahatlari bilan murabbiylar shtabiga yordam beradi. U ushbu lavozimdagi faoliyatini 2020-yil yanvaridan boshlaydi.
Qayd etish joiz, Xiddink PSVga ikki marta bosh murabbiylik qilgan. 1987—1990-yillar hamda 2002—2006-yillarda. Uning qo‘l ostida Eyndxoven klubi 6 marta Niderlandiya chempioni bo‘lgan. 4 marta mamlakat kubogi, bir marta esa Niderlandiya Superkubogiga ega chiqqan. Bundan tashqari bir marta Yevropa Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)