Og‘ir vaznda WBA, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) 2020-yil aprelida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda bokschining promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.
Hirnning so‘zlariga ko‘ra, Joshua IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Kubrat Pulevga (28-1-0, 14 KO) qarshi jang olib boradi.
Bundan tashqari, Hirn Entonining Aleksandr Usikka qarshi ringga ko‘tarilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilib, og‘ir vaznda mutlaq chempion bo‘lish uchun Deontey Uaylder—Tayson Fyuri revansh jangi g‘olibi bilan ham to‘qnashishga tayyor ekanligini aytdi.
Avvalroq Joshuaning o‘zi Pulev bilan emas, balki Usik bilan jang qilish niyatida ekanligini aytgandi.
Izoh (0)