“Napoli” sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini “Everton”da davom ettiradi. Bu haqida mersisaydliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Italiyalik mutaxassis “Everton” bilan 2023/24-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Avvalroq mutaxassis “Napoli” bilan kelishuvni bekor qilgandi. “Everton” esa Marku Silvani iste’foga chiqargan edi.
“Everton”ni 21-dekabr kungi “Arsenal”ga qarshi o‘yinda Dankan Fergyuson boshqarib boradi. Anchelotti esa 26-dekabr kungi “Byornli”ga qarshi bahsda debyut qiladi.
Anchelotti bunga qadar “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Real”, “Bavariya” va boshqa klublarda faoliyat yuritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)