Madridning “Atletiko” hamda Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Diyego Forlan bosh murabbiylik faoliyatini boshladi.
Forlan Urugvayning “Penyarol” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bunga qadar Forlan klub texnik direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
U jamoada iste‘foga chiqarilgan Karlos Sanches o‘rinini egalladi.
40 yoshli Forlan vaqtida “Manchester Yunayted”, “Vilyarreal”, “Atletiko” klublarida to‘p surgan. Uning futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi klubi esa Gonkongning “Kitchi”si bo‘ldi. 2019-yil avgustida esa futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini e’lon qilgan.
Diyego Urugvay terma jamoasi safida 2002—2014-yillarda harakat qilib, 112 ta o‘yin o‘tkazgan va 36 ta gol urgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)