Ispaniya futbol federatsiyasi qo‘mitasi (RFEF) “Barselona”ni La Liga 10-turi doirasida qoldirilgan “Real”ga qarshi uchrashuvdagi yuz bergan holat uchun jarimaga tortdi.
18-dekabr kuni o‘tkazilgan uchrashuvning 55-daqiqasida muxlislarning maydonga havo to‘ldirilgan sharlarni uloqtirish natijasida o‘yin vaqtincha to‘xtatilib turildi.
Shu boisdan ham qo‘mita Kataloniya klubini 1500 yevro miqdorida jarimaga tortdi va ogohlantirdi.
Uchrashuv bosh hakami Alexandro Ernandes o‘yin protokoliga bu haqida quyidagilarni qayd etgandi: “55-daqiqada o‘yin muxlislarning havo to‘ldirilgan sharlarni maydonga uloqtirishi natijasida 1 daqiqa 30 soniyaga to‘xtatildi”.
Uchrashuvdan oldin Kataloniya mustaqilligi uchun kurashuvchi Tsunami Democratic guruhi Ispaniya hukumatiga protest belgisi sifatida maydonga sharlar uloqtirilishini ma’lum qilgandi. Qayd etish joiz, politsiya namoyishchilarga qarshi rezina o‘qlardan foydalangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)